O’qituvchi va abiturientlar uchun ona tili va adabiyot fanidan online test savollari 19 1234567891011121314151617181920 Ona tili va adabiyot fanidan online test savollari Attestatsiyaga tayyorlanish uchun online test savollari 110 ta test savollaridan iborat test banki. 20 ta test savoliga 20 daqiqa ajratilgan 1 / 20 OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat berilgan ma’nodosh so‘zlar qatorida faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘z qaysi? tomoq taom ne’mat ovqat 2 / 20 Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan misollarning har birida bittadan qo‘shimcha bor? Tantanada o‘nlab yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. / / U ba’zan oylab qorasini ko‘rsatmas edi. Biz mustaqil O‘zbekiston farzandimiz. // Bizning maktabimiz yaqinda ta’mirlandi. Bu topshiriqni qanday bajargani esidan chiqmaydi. / / Onaxon shu xabarni aytgani kelgan edi. Ko‘zingizni yashnatadi bu bog‘lar. / / Chin inson birovga yaxshilik ko‘zlar. 3 / 20 Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan? Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan. Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo‘ladi. Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. 4 / 20 Vatanning bu asl farzandlari o‘z orzu-havaslari haqida emas, xalq hayoti, uning ijtimoiy ahvoli yaxshilanlanishi uchun qayg‘urdilar, ularga juda ko‘p zug‘um qilsalar ham, o‘z dunyoqarashlarini o‘zgartirmadilar, hatto bu yo‘lda o‘zlarini qurbon qildilar. Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar sonini toping. 4 ta 3 ta 2 ta 5 ta 5 / 20 Qaysi javobda Oybek tarjimasi berilmagan? Lermontov – “Maskarad” Pushkin – “Yevgeniy Onegin” arman xalq eposi – “Sosunli Dovud” qoraqalpoq xalq dostoni – “Qirq qiz” 6 / 20 Berilgan qo‘shma gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang. Do‘stlik g‘alabaga yangi mazmun baxsh etadi, u ko‘maklashganda barcha omadsizliklar barham topadi. 4ta 6ta 5ta 3ta 7 / 20 Qaysi gapda variantdosh kelishik qo‘shimchalari sabab ma’nosini ifodalagan? O‘z vaqtida yetib kelganing(-ga, -dan) xursand bo‘ldim. Yaqinda yog‘ib o‘tgan yomg‘ir(-dan, -da) daraxt shoxlari ancha egilib qolibdi. Sifatli mahsulotlarni faqat bizning do‘kon(-da, -dan) topasiz, akasi. Yurtim tomon daryolar (-ni, -dan) kechib, tog‘lar(-ni, -dan) oshib boraman Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan? Hunaringni ishga solib, did bilan chiroyli bino solib bersalaring, bas. Hayo qalbning oynasi. Shu aniqki, yalqovlik muhtojlikka olib keladi. Shuni bilingki, xushmuomalalik yarim baxt demakdir. 8 / 20 Tarkibida sifat ishtirok etmagan qo‘shma otlarni aniqlang. 1) mingoyoq; 2) achchiqtosh; 3) qizilishton; 4) havorang; 5) oybolta; 6) karnaygul; 7) olaqarg‘a. 1, 5, 6 1, 4, 5, 6 2, 3, 4, 7 1, 4, 5 9 / 20 Qaysi javobdagi asarlar Abdulla Qodiriy qalamiga mansub? «Onalar», «Kuzatish», «Yodgor» «Juvonboz», «Obid ketmon », «Baxtsiz kuyov» «Mahmud Tarobiy», « O‘tror», «Karvon yo‘llarida» «Zar qadri», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Daryolar tutashgan joyda» 10 / 20 Erkin Vohidov qalamiga mansub asarni aniqlang. “Tandir haqida ertak” “Qushcha” “Tinch kunlar” “Hayotning har lahzasi go‘zal” 11 / 20 Nodar Dumbadzening "Quyoshni ko‘ryapman" nomli asari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping. II jahon urushi yillarida gruzin qishloqlaridagi og‘ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o‘xshamaydigan taqdir egalari obrazi aks ettirilgan hikoyalar to‘plami sanaladi bu asar asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan videofilm ishlangan dastlabki yirik romani bu asar qissa janrida yozilgan 12 / 20 Quyidagi gaplarning qaysi birida ham affiksatsiya, ham kompozitsiya usulida yasalgan sifatlar ishtirok etgan? Samig‘ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam. Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan. Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi. 13 / 20 Qaysi qatordagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? saramjon, taftish trest, kilovat iztirob, kariyes tadbiq, koreys 14 / 20 Qaysi qatorda tabu so‘zlar va ular o‘rnida keladigan so‘zlarda xatolik bor? temiratki – terlama behud – jinni suyakqizima – suyak sili davosiz dard – saraton 15 / 20 Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma (ibora) qatnashgan? Azimjonning so‘zlaridan yigitning ko‘ngli biroz yorishdi. Bema’ni va tuturiqsiz gaplar bilan boshini aylantirdi. Bu yigitlarning rosa ishtahasi karnay ekan. Nima qilyapsan o‘zi, do‘stim, esingni yeb qo‘ydingmi? 16 / 20 Uyushiq to‘ldiruvchi holga tobelangan gapni toping. Yigit qo‘lidagi quti va xaltani ayvongai qo‘ydi va kelganlarga peshvoz chiqdi. Bolalar kitob, jurnal, gazeta o‘qigani tez-tez keladigan bo‘ldilar. Xastani, keksalarni ko‘rish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan. Choyxonachi bir zumda patnisda non bilan qand-qurs keltirdi. 17 / 20 Tabiat va jamiyatda hamma narsaning, har bir shaxsning o‘z o‘rni bo‘lishi lozim, har bir inson hayotdagi chinakam vazifasini anglamog‘i lozim, buning uchun insonga, avvalo, yaxshi bir ustoz darkor. Xususan, asarda: «Nihoyat, yaxshi ustozni topib oldim!” degan so‘zlarning baxtiyorlik ifodasi sifatida keltirilishi bejiz emas. Ushbu ma’lumot kimning qaysi asari haqida? Aka-uka Grimlar, «Botir tikuvchi» Janni Rodari, «Hurishni eplolmagan kuchukcha» Xudoyberdi To‘xtaboyev, «Sariq devni minib» Hans Kristian Andersen, «Bulbul» 18 / 20 Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir. Ushbu gapdagi ot yasovchi qo‘shimchalar tarkibida nechta til oldi jarangli undosh ishtirok etgan? 2 ta 6 ta 3 ta 1 ta 19 / 20 Yurtimizning tinchgina o‘tgan har kuni Mislsiz tarixiy voqea asli. Anvar Obidjonning qaysi she’ri ushbu misralar bilan yakunlangan? “Yer” “Hayotning har lahzasi go‘zal” “Tinch kunlar” “Vatanjon” 20 / 20 Asqad Muxtorning bir xil janrda yozilgan asarlarini toping. «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» «Tilak», «Qorako‘z majnun» «Bo‘ronlarda bordek halovat», «Jar yoqasidagi chaqmoq» «Davr mening taqdirimda», «Samandar» Ваш результат: 0%
Ona tili va adabiyot fanidan online test savollari
Attestatsiyaga tayyorlanish uchun online test savollari
110 ta test savollaridan iborat test banki.
20 ta test savoliga 20 daqiqa ajratilgan
1 / 20
OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat berilgan ma’nodosh so‘zlar qatorida faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘z qaysi?
2 / 20
Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan misollarning har birida bittadan qo‘shimcha bor?
3 / 20
Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?
4 / 20
Vatanning bu asl farzandlari o‘z orzu-havaslari haqida emas, xalq hayoti, uning ijtimoiy ahvoli yaxshilanlanishi uchun qayg‘urdilar, ularga juda ko‘p zug‘um qilsalar ham, o‘z dunyoqarashlarini o‘zgartirmadilar, hatto bu yo‘lda o‘zlarini qurbon qildilar. Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar sonini toping.
5 / 20
Qaysi javobda Oybek tarjimasi berilmagan?
6 / 20
Berilgan qo‘shma gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang. Do‘stlik g‘alabaga yangi mazmun baxsh etadi, u ko‘maklashganda barcha omadsizliklar barham topadi.
7 / 20
Qaysi gapda variantdosh kelishik qo‘shimchalari sabab ma’nosini ifodalagan? O‘z vaqtida yetib kelganing(-ga, -dan) xursand bo‘ldim. Yaqinda yog‘ib o‘tgan yomg‘ir(-dan, -da) daraxt shoxlari ancha egilib qolibdi. Sifatli mahsulotlarni faqat bizning do‘kon(-da, -dan) topasiz, akasi. Yurtim tomon daryolar (-ni, -dan) kechib, tog‘lar(-ni, -dan) oshib boraman Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan?
8 / 20
Tarkibida sifat ishtirok etmagan qo‘shma otlarni aniqlang. 1) mingoyoq; 2) achchiqtosh; 3) qizilishton; 4) havorang; 5) oybolta; 6) karnaygul; 7) olaqarg‘a.
9 / 20
Qaysi javobdagi asarlar Abdulla Qodiriy qalamiga mansub?
10 / 20
Erkin Vohidov qalamiga mansub asarni aniqlang.
11 / 20
Nodar Dumbadzening "Quyoshni ko‘ryapman" nomli asari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping.
12 / 20
Quyidagi gaplarning qaysi birida ham affiksatsiya, ham kompozitsiya usulida yasalgan sifatlar ishtirok etgan?
13 / 20
Qaysi qatordagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
14 / 20
Qaysi qatorda tabu so‘zlar va ular o‘rnida keladigan so‘zlarda xatolik bor?
15 / 20
Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma (ibora) qatnashgan?
16 / 20
Uyushiq to‘ldiruvchi holga tobelangan gapni toping.
17 / 20
Tabiat va jamiyatda hamma narsaning, har bir shaxsning o‘z o‘rni bo‘lishi lozim, har bir inson hayotdagi chinakam vazifasini anglamog‘i lozim, buning uchun insonga, avvalo, yaxshi bir ustoz darkor. Xususan, asarda: «Nihoyat, yaxshi ustozni topib oldim!” degan so‘zlarning baxtiyorlik ifodasi sifatida keltirilishi bejiz emas. Ushbu ma’lumot kimning qaysi asari haqida?
18 / 20
Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir. Ushbu gapdagi ot yasovchi qo‘shimchalar tarkibida nechta til oldi jarangli undosh ishtirok etgan?
19 / 20
Yurtimizning tinchgina o‘tgan har kuni Mislsiz tarixiy voqea asli. Anvar Obidjonning qaysi she’ri ushbu misralar bilan yakunlangan?
20 / 20
Asqad Muxtorning bir xil janrda yozilgan asarlarini toping.
Ваш результат:
1
GULHAYO
Ona tili adabiyot
zo’r
Beruniy tumaniga MMTBga qarashli 52-umumiy õrta talim maktabi.
Test
13.12.24
Zoʻr
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ
8 Comments
1
GULHAYO
Ona tili adabiyot
zo’r
Beruniy tumaniga MMTBga qarashli 52-umumiy õrta talim maktabi.
Test
13.12.24
Zoʻr