O’qituvchilar va abiturientlar uchun ona tili va adabiyot fanidan online test savollari 6 1234567891011121314151617181920 Ona tili va adabiyot fanidan online test savollari Ona tili va adabiyot fanidan online test savollari 1 / 20 Nodar Dumbadzening qaysi asari nafaqat Gruziyaning o‘zida, balki ko‘plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o‘qiladigan asarlar qatoridan joy oldi? “Abadiyat qonuni” “Qishloq bolalari” “Oq bayroqlar” “Quyosh kechasi” 2 / 20 Qadimiy kitoblarda rivoyat qilinishicha, dunyo ne’matlariga ahamiyat bermaydigan, o‘zini juda kamtar tutadigan buyuk islom olimlaridan biri faqat bir kishi o‘tishi mumkin bo‘lgan lor yo‘lakda shaharning o‘ziga bino qo‘ygan, haromdan hazar qilmaydigan katta boylaridan biri bilan to‘qnash kelibdi. Qorni kajavaday keladigan boy: -Men bir devonaga yo‘l berib chetga chiqmayman! - deb pishqiribdi. Haligi olim kishi yo‘l berar ekan, g‘oyat sokin ohangda debdi: -Men esa yo‘l beraman! Shunda boy: "Mendan hamma qo‘rqadi, bu ham qo‘rqqani uchun yo‘l berdi", - deb o‘ylab, gerdayib yo‘lakdan sekin o‘ta boshlabdi. Badqovoq boy yo‘lakdan o‘tib bo‘lgach, xokisor olim mayin jilmayib yo‘lida davom etibdi. Qissadan hissa shuki, kaltafahm, nodon odamlar bilan tenglashmoq ular bilan barobar bo‘lish kabidir. Shuning uchun ham inson bundan o‘zini tiymog‘i, asramog‘i lozim. - Men esa yo‘l beraman! Olim tilidan aytilgan mazkur gapning tag (yashirin) ma’nosini aniqlang. Men birinchi o‘taman. Devona sensan. Sendan qo‘rqaman. Sen boy bo‘lganing uchun yo‘l beraman. 3 / 20 « Millatni uyg‘otish - uyg‘onganlarning vazifasi. Mana siz: ancha eslik, hushyor, ziyrak odam ko‘rinasiz. Ish bilasiz ekan. Davlatingiz bor ekan. Faqat birgina aybingiz shuki, zamon ahvolidan xabardor emassiz. Gazet o‘qimaysiz.» Jadid kattalaridan birining tilidan aytilgan millatni uyg‘otish haqidagi ushbu fikrlar qaysi asardan olingan? «Kecha va kunduz» «O‘tkan kunlar» «Dunyoning ishlari» «Shum bola» 4 / 20 Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo‘lgan ko‘makchi morfema ketma-ket qo‘shilgan so‘zni aniqlang. atama uyqusirab Varaqlash eslaganlik 5 / 20 Quyidagi juftliklar orasidan muqayyad qofiyaga misol bo‘la oladiganlarini belgilang. 1) ozgina – sozgina; 2) yurak – kerak; 3) sifotin – otin; 4) nihoyat – bag‘oyat; 5) obod – ozod. 2, 4, 5 1, 2, 3 1, 2, 5 2, 3 6 / 20 O‘lmas Umarbekov adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishini ta’sirli aks ettirgan asari nomini aniqlang. "Yoz yomg‘iri" "Sevgim, sevgilim" "Odam bo‘lish qiyin" "Qiyomat qarz" 7 / 20 Adab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko‘nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy) Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi necha o‘rinda belgisiz qo‘llangan? 3 ta 2 ta 4 ta 1 ta 8 / 20 BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ushbu sinonim so‘zlar qatoridagi mondalamoq so‘zi shevaga xos so‘z hisoblanadi. to‘g‘ri noto‘g‘ri adabiy badiiy 9 / 20 Surishtiruvlardan so‘ng anglashildiki, suvni bu qishloqda anchadan beri yashab kelayotgan bir fermer oilasi egallab olgan ekan. Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida qanday fonetik hodisalar kuzatilgan? tovush ortishi va almashishi so‘zlar imlosida fonetik hodisa kuzatilmagan faqat tovush almashishi tovush almashishi va tushishi 10 / 20 Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud? Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda. Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi. Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi. 11 / 20 Qo‘shib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping. birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan geografik nomlar qo‘shib yoziladi bop, rang, baxsh kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi keyingi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan ifodalangan geografik nomlar qo‘shib yoziladi bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg‘u bilan aytiladigan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi 12 / 20 Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o‘ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda. Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan qo‘shma sifat qatnashgan. Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda yasama otlar qatnashgan. Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z qatnashgan. Kesim vazifasida kelgan fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan. 13 / 20 Abayning “Naqliya so‘zlar” asarini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan? Ozod Sharafiddinov Nizom Komil Mamarasul Boboyev Nosir Fozilov 14 / 20 Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo‘lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo‘lsa, qayg‘u keltiradi. Berilgan gapda egalik qo‘shimchalari necha o‘rinda qo‘llangan? 3 6 5 2 15 / 20 Chexovning “Garov” hikoyasida ziyofat qatnashchilari qanday mavzu ustida bahs qiladilar? rus va fransuz tillaridan qay biri jozibadorroqligi o‘lim va umrbod qamoq jazolari erkak va ayolning burch-majburiyatlari jamiyat uchun duel qanday foyda yoki zarar keltirishi 16 / 20 O‘z vataningga muhabbatingni o‘z tilingga muhabbating bilan tasavvur qilasan. Ushbu gapdagi atash ma’nosiga ega ismlar guruhiga mansub so‘zlar sonini aniqlang. 6 ta 3 ta 4 ta 5 ta 17 / 20 Quyidagi qaysi baytda ijodkor tazod san’atidan foydalangan? Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozuklukindin suv ila yutsa bo‘lur. Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun, Hamisha toleing feruz bo‘lsun. G‘amim pinhon tutardim man, dedilar: “Yora qil ravshan”, Desam, ul bevafo bilman, inonurmi, inonmasmu? Yuzing guliga ko‘ngil ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il. 18 / 20 Quyidagi asarlardan qaysi biri Anvar Obidjonning pyesasi hisoblanmaydi? “To‘tiqul” “Oltiariq hangomalari” “Navro‘z va Boychechak” “Alamazon” 19 / 20 Qaysi gaplarda tovush o‘zgarishi asosida yozilgan so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashgan? 1)Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘in sezmaysan. 2)U vijdon qiynoqlariga dosh bera olmadi. 3)Chaqaloq oppoq, momiq qo‘llarini menga cho‘zib talpinardi. 4)Dangasa va yalqovlarni hech qachon o‘zingga do‘st sanama. 1, 2, 3 3, 4 1, 2, 3, 4 1, 2 20 / 20 Abdulla Oripov «O‘zbekiston» qasidasida «Qotil qo‘li qilich soldi mast, Quyosh bo‘lib uchdi tilla bosh» deganda kimni nazarda tutadi? Husayn Boyqaroni Mirzo Ulug‘bekni Abdulatifni Beruniyni Ваш результат: 0%
Ona tili va adabiyot fanidan online test savollari
1 / 20
Nodar Dumbadzening qaysi asari nafaqat Gruziyaning o‘zida, balki ko‘plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o‘qiladigan asarlar qatoridan joy oldi?
2 / 20
Qadimiy kitoblarda rivoyat qilinishicha, dunyo ne’matlariga ahamiyat bermaydigan, o‘zini juda kamtar tutadigan buyuk islom olimlaridan biri faqat bir kishi o‘tishi mumkin bo‘lgan lor yo‘lakda shaharning o‘ziga bino qo‘ygan, haromdan hazar qilmaydigan katta boylaridan biri bilan to‘qnash kelibdi. Qorni kajavaday keladigan boy: -Men bir devonaga yo‘l berib chetga chiqmayman! - deb pishqiribdi. Haligi olim kishi yo‘l berar ekan, g‘oyat sokin ohangda debdi: -Men esa yo‘l beraman! Shunda boy: "Mendan hamma qo‘rqadi, bu ham qo‘rqqani uchun yo‘l berdi", - deb o‘ylab, gerdayib yo‘lakdan sekin o‘ta boshlabdi. Badqovoq boy yo‘lakdan o‘tib bo‘lgach, xokisor olim mayin jilmayib yo‘lida davom etibdi. Qissadan hissa shuki, kaltafahm, nodon odamlar bilan tenglashmoq ular bilan barobar bo‘lish kabidir. Shuning uchun ham inson bundan o‘zini tiymog‘i, asramog‘i lozim. - Men esa yo‘l beraman! Olim tilidan aytilgan mazkur gapning tag (yashirin) ma’nosini aniqlang.
3 / 20
« Millatni uyg‘otish - uyg‘onganlarning vazifasi. Mana siz: ancha eslik, hushyor, ziyrak odam ko‘rinasiz. Ish bilasiz ekan. Davlatingiz bor ekan. Faqat birgina aybingiz shuki, zamon ahvolidan xabardor emassiz. Gazet o‘qimaysiz.» Jadid kattalaridan birining tilidan aytilgan millatni uyg‘otish haqidagi ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
4 / 20
Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo‘lgan ko‘makchi morfema ketma-ket qo‘shilgan so‘zni aniqlang.
5 / 20
Quyidagi juftliklar orasidan muqayyad qofiyaga misol bo‘la oladiganlarini belgilang. 1) ozgina – sozgina; 2) yurak – kerak; 3) sifotin – otin; 4) nihoyat – bag‘oyat; 5) obod – ozod.
6 / 20
O‘lmas Umarbekov adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishini ta’sirli aks ettirgan asari nomini aniqlang.
7 / 20
Adab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko‘nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy) Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi necha o‘rinda belgisiz qo‘llangan?
8 / 20
BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ushbu sinonim so‘zlar qatoridagi mondalamoq so‘zi shevaga xos so‘z hisoblanadi.
9 / 20
Surishtiruvlardan so‘ng anglashildiki, suvni bu qishloqda anchadan beri yashab kelayotgan bir fermer oilasi egallab olgan ekan. Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida qanday fonetik hodisalar kuzatilgan?
10 / 20
Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
11 / 20
Qo‘shib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping.
12 / 20
Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o‘ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda. Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
13 / 20
Abayning “Naqliya so‘zlar” asarini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
14 / 20
Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo‘lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo‘lsa, qayg‘u keltiradi. Berilgan gapda egalik qo‘shimchalari necha o‘rinda qo‘llangan?
15 / 20
Chexovning “Garov” hikoyasida ziyofat qatnashchilari qanday mavzu ustida bahs qiladilar?
16 / 20
O‘z vataningga muhabbatingni o‘z tilingga muhabbating bilan tasavvur qilasan. Ushbu gapdagi atash ma’nosiga ega ismlar guruhiga mansub so‘zlar sonini aniqlang.
17 / 20
Quyidagi qaysi baytda ijodkor tazod san’atidan foydalangan?
18 / 20
Quyidagi asarlardan qaysi biri Anvar Obidjonning pyesasi hisoblanmaydi?
19 / 20
Qaysi gaplarda tovush o‘zgarishi asosida yozilgan so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashgan? 1)Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘in sezmaysan. 2)U vijdon qiynoqlariga dosh bera olmadi. 3)Chaqaloq oppoq, momiq qo‘llarini menga cho‘zib talpinardi. 4)Dangasa va yalqovlarni hech qachon o‘zingga do‘st sanama.
20 / 20
Abdulla Oripov «O‘zbekiston» qasidasida «Qotil qo‘li qilich soldi mast, Quyosh bo‘lib uchdi tilla bosh» deganda kimni nazarda tutadi?
Ваш результат:
Salom
Salom hamaga
Men o‘qituvchiman
Assalomu alaykum
Testning javoblarini to‘g‘ri belgilaganlarimni ham xato deb beryapti.testning kaliti xato tuzilgan
Aynan qaysi savolda shunday holat kuzatilganligini aniq aytsangiz to’g’rilar edik
testlarda xatoliklar bor ekan anchagina
Assalom alaykum aynan qaysi testligini aytaolsangiz tekshirib to’g’rilar edik.
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ
8 Comments
Salom
Salom hamaga
Men o‘qituvchiman
Assalomu alaykum
Testning javoblarini to‘g‘ri belgilaganlarimni ham xato deb beryapti.testning kaliti xato tuzilgan
Aynan qaysi savolda shunday holat kuzatilganligini aniq aytsangiz to’g’rilar edik
testlarda xatoliklar bor ekan anchagina
Assalom alaykum aynan qaysi testligini aytaolsangiz tekshirib to’g’rilar edik.