Fizika fanidan attestatsiya savollari.
Fizika fanidan online attestatsiya savollari
1 / 50
Koʻndalang kesimi 4 cm² boʻlgan poʻlat tayoqchaga ogʻirligi 8 · 104 N boʻlgan yuk osilgan. Tayoqchaning mexanik kuchlanishini toping.
2 / 50
Zaryadlangan shar ichida zaryad mavjudmi?
3 / 50
Kristall holatdagi uglerodning uch xil koʻrinishini toping?
4 / 50
Agar oʻzgarmas temperaturada toʻyingan bugʻ egallab turgan hajm ortirilsa, masalan, silindrda porshen ostida oʻz suyiqligi bilan muvozanatda turgan toʻyingan bugʻning hajmi kengaytirilsa…
5 / 50
Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagiga nisbatan 4 marta kichik boʻladi ( km ). Yerning radiusi 6400 km.
6 / 50
Oʻzgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshiligi 26 Ω boʻlgan rezistor, elektr sigʻimi 40 nF boʻlgan kondensator va induktivligi 0,4 mGn boʻlgan gʻaltak ketma-ket ulangan. Oʻzgaruvchan tokning siklik chastotasi qanday qiymatga ega boʻlganida ( rad/s ), zanjirdagi tok kuchi bilan kuchlanish fazalari farqi nolga teng boʻladi?
7 / 50
Molekulalar konsentratsiyasi 4,5·1027 m─3 va bosimi 6·105 Pa ga teng bo‘lgan bir atomli gaz molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi nimaga teng boʻladi ( J )?
8 / 50
Elektron vodorod atomida yuqori energetik sathdan quyi energetik sathga o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan nurlanishlarning to‘lqin uzunliklari nisbatini toping. Birinchi nurlanish elektronni 4-energetik sathdan 1-stasionar sathga, ikkinchi nurlanish esa 5-energetik sathdan 2-energetik sathga o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan.
9 / 50
Shamolning tezligi 72 km/soat boʻlganda, yomgʻir tomchisining tezligi 40 m/s ga teng boʻldi. Agar shamolning tezligi 5 m/s ga teng boʻlsa, tomchining tezligi qanday boʻladi? ( m/s )
10 / 50
Massasi 75 kg boʻlgan motoroller qiyaligi 0,06 boʻlgan qiya tekislik boʻylab koʻtarilmoqda. Qiya tekislik etagida uning tezligi nolga teng boʻlib 72 m masofada 12 m/s tezlikka erishdi. Motoroller harakatini tekis tezlanuvchan, harakatga qarshilik koeffisiyenti 0,04 ga teng deb hisoblab uning oʻrtachaquvvatini toping ( W ). g = 10 m/s².
11 / 50
Arqon koʻpi bilan 12 kg massali yukni koʻtara oladi. Shu arqon yordamida qanday massali yukni 2 m/s² tezlanish bilan koʻtarish mumkin boʻladi? g = 10 m/s².
12 / 50
Induktiv gʻaltakdan 1 A tok oʻtganda, unda 40 Vb magnit oqimi vujudga keladi. Agar gʻaltakdagi magnit oqimi doimiy saqlanib, gʻaltakning oʻramlar soni 2 marta orttirilsa, undagi magnit maydon energiyasi qanday qiymatga ( J ) ega boʻladi?
13 / 50
Magnit maydon induksiyasi vektori chizma tekisligiga perpendikulyar yuqoriga yoʻnalgan boʻlsa, rasmda koʻrsatilgandek harakat qilayotgan proton bu bir jinsli maydon ta’sirida qanday harakat qiladi?
14 / 50
Difraktsiya panjarasiga tik tushayotgan oq yorug‘lik nuri difraktsiyalanganida, 3-tartibli spektrdagi 560 nm to‘lqin uzunlikdagi chiziq bilan 4-tartibli spektrdagi qanday to‘lqin uzunlikdagi ( nm) chiziq ustma-ust tushadi?
15 / 50
Solishtirma bog‘lanish energiyasi 7,65 MeV/nuklon ga teng bo‘lgan yadroning tarkibida 8 ta proton va 9 ta neytron bor. Shu yadroni erkin proton va neytronlarga ajratib yuborish uchun kamida qancha energiya zarur bo‘ladi ( MeV )?
16 / 50
Massasi 1,2 kg, zichligi 1800 kg/m3 boʻlgan jism suyuqlik solingan idish tubida yotibdi. Idish vertikal yuqoriga 4 m/s² tezlanish bilan koʻtarilmoqda. Jismni idish tubiga beradigan bosim kuchini toping. Suyuqlik zichligi 900 kg/m³, g = 10 m/s².
17 / 50
Tomonlari a va 2a ga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bir jinsli metall listdan berilgan ko‘rinishdagi doira kesib olingan bo‘lsa, listning og‘irlik markazi dastlabki vaziyatiga nisbatan qanchaga siljigan?
18 / 50
Elektr sigʻimi C1 = 6 mkF, C2 = 2 mkF va C3 = 3 mkF ga teng boʻlgan kondensatorlar 12 V kuchlanish manbaiga ketma-ket ulangan. Birinchi kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqini toping ( V ).
19 / 50
100 g massali metall boʻlagini 30 dan 50 °C gacha isitish uchun 800 Jissiqlik kerak boʻlgan. Shu metallning solishtirma issiqlik sigʻimini ( J/( kg·K )) toping.
20 / 50
Oʻzgarmas kuchlanish tarmogʻiga ulangan elektr spiralidan 8 A tok oʻtmoqda. Agar spiralning 1/3 qismi kesib tashlansa, undagi tok kuchi qanday oʻzgaradi?
21 / 50
Bir tonna poʻlatni eritish uchun 200 kW quvvatli elektr pechidanfoydalanilmoqda. Agar poʻlatni erish boshlangunga qadar, 1500 K ga qizdirish kerak boʻlsa, eritish necha minut davom etadi? Poʻlatningsolishtirma issiqlik sigʻimi 460 J /( kg⋅K ), poʻlatning solishtirma erish issiqligi 210 kJ/kg.
22 / 50
Binafsha rangli shisha orqali qizil rangli shishaga qaralganda u qora bo‘lib ko‘rinadi. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?
23 / 50
Velosipedchi bir shahardan boshqa shaharga jo‘nadi. U yo‘lning birinchi yarmini 6 m/s tezlik bilan velosipedda, Ikkinchi esa 2 m/s tezlik bilan yayov bosib o‘tdi. Bunda uning o‘rtacha tezligi qanday bo‘lgan?
24 / 50
Elektr qarshiligi 40 Ω ga teng boʻlgan silindr shaklidagi bir jinsli oʻtkazgich choʻzilib uzunligi 10 % ga oshirilsa, uning elektr qarshiligi qanchaga ( Ω ) teng boʻlib qoladi?
25 / 50
Tok manbai, voltmetr, oʻtkazgichlar va kalitdan iborat quyidagi zanjir tuzildi. Voltmetrning ichki qarshiligi oʻtkazgichlar qarshiligi R dan juda katta, manbaning ichki qarshiligi esa r = R/2 ga teng. Kalit ulanganidan soʻng voltmetrning koʻrsatishi qanday oʻzgarishini toping.
26 / 50
Harorati 273 K boʻlgan suvga harorati 0 °C boʻlgan muz boʻlagi solindi. Hosil boʻlgan muz + suv sistemasining ichki energiyasi suvning ichki energiyasidan qanday farq qiladi?
27 / 50
Tik joylashgan probirka ( bir uchi kovsharlangan shisha nay ) ichida havo, havoning ustida esa qalinligi 4 cm boʻlgan simob ustuni bor. Probirkaning ochiq uchi simobning ustki yuzasi bilan bir xil sathda joylashgan. Proberkaning ostki qismi yuqoriga qaratib toʻnkarilganida uning ichida 2 cm balandlikdagi simob ustini qolgan boʻlsa proberkaning uzunligini toping ( cm ).
28 / 50
Silliq gorizontal yuzada yotgan, uzunligi 100 cm va massasi 1600 g boʻlgan taxtaning bir uchida 400 g massali qurbaqa oʻtiribdi. Qurbaqa taxta boʻylab gorizontga nisbatan 15° burchak ostida sakraydi. Qurbaqa taxtaning ikkinchi uchiga kelib qoʻnishi uchun uning boshlangʻich tezligi qanday boʻlishi kerak? ( m/s )
29 / 50
Relyativistik jismning zichligi 6,25 marta oshsa uning hajmi necha marta o‘zgaradi?
30 / 50
Harakat tenglamasi x = ─ 4⋅t + t2 + 3 ( m ), y = 2t + 2 ( m ) boʻlgan jism ordinata ( OY ) oʻqini koordinata boshidan qanday masofada kesib oʻtishini( m ) toping.
31 / 50
Havo-muhit chegarasiga 60° burchak ostida tushayotgan nurning to‘lqin uzunligi 480 nm ga teng. Agar qaytgan nur bilan singan nur o‘zaro perpendikulyar joylashgan tekisliklar bo‘ylab tarqalayotgan bo‘lsa, singan nurning to‘lqin uzunligini toping ( nm ).
32 / 50
Yorug‘lik nuri havodan shaffof muhitga to‘la ichki qaytishning chegaraviy burchagi bo‘yicha tushganda nurning sinish burchagi 30º ga teng bo‘ldi. Yorug‘lik nurini 0,071 ns ichida muhitda o‘tgan masofasini ( sm ) toping.
33 / 50
Nitrat kislotasining ( HNO3 ) suvdagi eritmasidan 1,6 C manfiy ishorali zaryad oʻtgan boʻlsa, ajralib chiqqan kislorod massasini aniqlang ( mg ). Kislorod atomining nismiy massasi Ar( O )=16.
34 / 50
Massalari 2 kg va 4 kg boʻlgan sharlar noelastik toʻqnashgandayoʻqotiladigan kinetik energiyani toping? Toʻqnashgunga qadar sharcha 2m/s va 5 m/s tezliklar bilan bir tomonga harakatlangan.
35 / 50
Koʻndalang kesim yuzi 3,2 mm² ga teng boʻlgan oʻtkazgich simdagi tok zichligi 1 mkA/mm² ga teng boʻlsa, 10 s ichida oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzi orqali nechta elektron oʻtadi?
36 / 50
Linzaning oʻrta qismi chetki qismiga nisbatan qalin boʻlsa, bu ... linza deyiladi?
37 / 50
Jism A( –1; –1,5; –3 ) nuqtadan B( 0; 0; 0 ) nuqtaga 3 s da bordi. Keyin C( 1;1,5; 3 ) nuqtaga 4 s da bordi. Jismnining oʻrtacha tezligini toping ( m/s ).
38 / 50
Bir-biridan 24 cm uzoqlikda joylashgan ikkita yassi parallel tekisliklar oraligiga nuqtaviy yorugʻlik manbai joylashtirildi. Birinchi tekislik yuzasining yoritilganligi ikkinchi tekislik yuzasiga nisbatan 4 marta katta boʻlgan boʻlsa, birinchi tekislik bilan yorugʻlik manbai orasidagi masofa qanchaga ( cm ) teng?
39 / 50
Bir xildagi q zaryadlar kvadratning ikki qarama qarshi uchida joylashgan. Agar kvadratning boshqa ikki uchida q va -q zaryadlar joylashtirilsa, oldingi ikki zaryadning biriga ta’sir etuvchi kuch necha marta ortadi?
40 / 50
Moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlab qoluvchi shu moddaning eng kichik zarrasi nima deb ataladi?
41 / 50
Qattiq jismning tashqi kuch ta’sirida oʻz shaklini oʻzgartirish jarayoniga nima deb ataladi?
42 / 50
Ip oʻralgan gʻaltak gorizontal sirt boʻylab sirpanishsiz dumalaydi. Agar gʻaltakning ipi gorizontal yoʻnalishda 0,6 cm/s tezlik bilan tortilsa, gʻaltak ichki qismining eng yuqori A nuqtasining sirtga nisbatan tezligi necha cm/s boʻladi? Gʻaltak ichki qismining radiusi – 15 mm, tashqi qismining radiusi 25 mm ga teng.
43 / 50
Sistemadagi umumiy qarshilikni toping.
44 / 50
Qaysi javobda yerning tabiiy yo‘ldoshi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
45 / 50
Modda miqdorining birligini ko‘rsating.
46 / 50
Prujinaga osilgan jismning tebranish amplitudasi 4 cm ga teng. Jismning tebranish davri 4 s. Eng chetki vaziyatdan harakatni boshlagan jism 12 s ichida qancha yoʻl yuradi ( cm )?
47 / 50
Yer sirtidan baland nuqtadan gorizontal yoʻnalishda 10 m/s tezlik bilankamondan oʻq otildi. Harakatning ikkinchi sekund oxirida oʻq trayektoriyasining egrilik radiusi qanday qiymatga ega boʻladi ( m )? Havoning qarshiligini e’tiborga olmang, g = 10 m/s².
48 / 50
Ideal gaz bo‘lishi uchun nimalarni hisobga olmaslik kerak?
49 / 50
V0 =20 m/s boshlang‘ich tezlik va α=60° burchak ostida otilgan elastik sharcha maksimal ko‘tarilish nuqtasida gorizontga 45° ostida o‘rnatilgan devorga elastik urildi. Sharchaning yerga urilishdagi tezligini toping.
50 / 50
5 kg massaga ega boʻlgan birinchi jism 10 km/soat tezlik bilan, 2 kg massaga ega boʻlgan ikkinchi jism esa 25 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Qaysi jismning inertligi katta?
Your score is
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ