Attestatsiyaga jalb qilingan pedagog kadrlar necha ball yiqqan taqdirda attestatsiyadan o’tgan hisoblanadi?
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich bo‘yicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.
❗️Ikkita bosqich natijalariga ko‘ra:
❕Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➖ 80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;
➖ 80 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, birinchi malaka toifasiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
❕Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➖ 80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilgan;
➖ 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;
➖ 70 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, ikkinchi malaka toifasiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
❕Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➖ 70 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi berilgan;
➖ 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi saqlangan;
➖ 60 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
❕Mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➖ 60 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi berilgan;
➖ 55 balldan 59 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan;
➖ 55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.