Fizika fani o’qituvchilari uchun online attestatsiya savollari.
Fizika fanidan attestatsiya savollari.
1 / 50
Vakuumda elektromagnit toʻlqin tarqalmoqda. Toʻlqin tarkibidagi magnit maydon energiya zichligi 8 kJ/m³ ga teng. Elektr maydon energiya zichligini toping ( kJ/m³).
2 / 50
Gorizontal sirt boʻylab radiusi 1 m boʻlgan gʻildirak sirpanishsiz gʻildiramoqda. Gildirak gardishidagi A nuqtaning yerga nisbatan tezligi 6 m/s boʻlsa, D nuqtaning yerga nisbatan tezligini ( m/s ) toping. √2=1,41
3 / 50
Silindr shaklidagi har xil diametrli tutash idishlarga quyilgan suyuqlik muvozanatda turibdi. Kichik diametrli tomoniga zichligi idishlardagi suyuqlik zichligidan 2 marta katta va balandligi 5 cm boʻlgan suyuqlik quyilganida, ikkinchi idishda suyuqlik sathi boshlangʻich muvozanat sathiga nisbatan 2 cm ga koʻtarildi. Idishlarning kesim yuzalari nisbatini toping.
4 / 50
Sirt taranglik koeffitsiyentining birligini toping.
5 / 50
Ikkita sharcha biror balandlikdan erkin tushmoqda. Ikkinchi sharcha yoʻlning yarmida yupqa shishaga urildi va tezligining 1/3 qismini yoʻqotdi. Sharchalarning yerga urilishdagi tezliklari nisbatini toping.
6 / 50
Massasi 100 kg, uzunligi 3 m boʻlgan aravachaning ikki uchida 60 kg va 90 kg massali bolalar turibdi. Birinchi bola aravachaning oʻrtasigacha keldi. Aravacha oʻz vaziyatiga qaytishi uchun ikkinchi bola qanday ( m ) masofani bosib oʻtishi kerak?
7 / 50
Quyoshdan eng uzoq bo‘lgan sayyorani toping.
8 / 50
Plastilin shar gorizontga nisbatan 45° burchak ostida 40 m/s tezlik bilan otiladi. Otish nuqtasidan 40 m masofada ( gorizontal boʻyicha ) vertical devor joylashgan. Agar shar devorga yopishib qolsa, u necha gradusga ( K da ) qiziydi? Sharning toʻliq kinetik energiyasi o‘zini qizdirishga ketgan deb hisoblang. Plastilinning solishtirma issiqlik sigʻimi 250 J /( kg⋅K ). g = 10 m/s².
9 / 50
Magnit maydon induksiyasi vektori chizma tekisligiga perpendikulyar yuqoriga yoʻnalgan boʻlsa, rasmda koʻrsatilgandek harakat qilayotgan pozitron bu bir jinsli maydon ta’sirida qanday harakat qiladi?
10 / 50
Tezyurar lift yerga nisbatan 6 m/s² tezlanish bilan tushmoqda. Qandaydir vaqt daqiqasida lift shiftidan bolt tusha boshlaydi. Liftning balandligi 2 m. Boltni lift poliga tushish vaqtini ( s ) aniqlang. g = 10 m/s²
11 / 50
Shaffof prizmadan o‘tishda oq nur dastasi tarkibidagi ko‘k rangli nurlar 45º ga og‘di. Zarg‘aldoq rangli nurlarning og‘ish burchagini toping. Prizma materialining sindirish ko‘rsatkichi ko‘k rangli nurlar uchun 1,6 ga, zarg‘aldoq rangli nurlar uchun esa 1,2 ga teng deb oling.
12 / 50
Sindirish koʻrsatkichi 2,4 boʻlgan olmosdagi yorugʻlik tezligini ( m/s ) aniqlang.
13 / 50
Tomoni 27 cm boʻlgan muntazam oltiburchakning uchta uchida 5 nC dan, qolgan uchtasida 2 nC dan nuqtaviy zaryadlar bor. Oltiburchakning markazidagi potensialni toping. k = 9 ⋅ 10⁹ m/F.
14 / 50
Diametri 2 mm ga teng boʻlgan mis simning koʻndalang kesim yuzi orqali 20 s ichida 31,4 mkC zaryad oʻtgan boʻlsa, tok zichligini toping ( A/m²).
15 / 50
Silliq sirtda turgan massasi 10 kg bo‘lgan jismga 20 N kuch ta’sir eta boshladi. Bunda jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi?
16 / 50
Metall sterjen ikkita toʻsin orasiga joylashtirilgan. Sterjen uchlarini toʻsinlar siqib turibdi. Sterjen temperaturasini 20 K ga oshirsak uni toʻsinlarga beradigan bosim kuchi qanchaga oʻzgaradi? Sterjen materialining elastiklik moduli 200 GN/m², chiziqli kengayish koeffisiyenti 1,2⋅10-5 1/K, koʻndalang kesim yuzasi 20 cm².
17 / 50
Oltiburchak shaklidagi bir jinsli metal jismdan quyidagidek doira kesib olingan bo‘lsa, uning og‘irlik markazi dastlabki og‘irlik markazidan qanchaga siljigan?
18 / 50
96 g massali kislorod moddasining miqdorini ( mol ) toping.
19 / 50
Amplitudasi A va to‘lqin uzunligi λ=60 nm nurlarning interferensiyalanishi natijasida fazoda 1,41A amplituda ega tebranishlar hosil bo‘ldi. Nurlarning minimal yo‘llar farqi ( nm ) nimaga teng?
20 / 50
Berilgan qarshilikdagi kuchlanish U ga teng bo‘lsa, manbadagi kuchlanishni U orqali ifodalang. Barcha qarshiliklarni son qiymati bir xil deb hisoblang.
21 / 50
Yuzasi 20 cm², elektr qarshiligi 0,4 Ω boʻlgan kontur orqali oʻtuvchi magnit maydon induksiyasi XBS da B = 0,02 + 0,04·t ( T ) qonun boʻuicha oʻzgaradi. Induksiya vektori kontur tekisligiga tik yoʻnalgan boʻlsa, konturda hosil boʻladigan tok kuchini toping ( mA ).
22 / 50
Har birining sig‘imi 4 mkF bo‘lgan 30 ta o‘zaro parallel ulangan kondensatorlardan tashkil topgan batareyani zaryadlashda 15 J issiqlik miqdori ajralib chiqadi. Kondensatorlar qanday potensiallar farqigacha zaryadlangan?
23 / 50
Modda miqdorining birligini ko‘rsating.
24 / 50
Quvvati 180 W boʻlgan radioaparat 120 V kuchlanishda ishlaydi. Radioaparatni yuqori elektr kuchlanishidan saqlash uchun unga eruvchi saqlagich oʻrnatilgan boʻlib, saqlagichga 1,8 A deb yozib qoʻyilgan. Radioaparatga berilayotgan tarmoqdagi kuchlanish qanday qiymatiga yetganda ( V ) saqlagich erib ketadi?
25 / 50
5 kg massali jism 9 m balandlikdan boshlangʻich tezliksiz tushib yer sirti yaqinida 12 m/s tezlik oldi. Havoning oʻrtacha qarshilik kuchini toping. ( N ) g = 10 m/s²
26 / 50
Mendelev kimyoviy elementlarning davriy jadvalida A B C ketma-ket joylashgan elementlar bo‘lib, ular ustida ma’lum jarayonlar sodir etildi va natijada B element C elementga, C element A elementga, A element esa B elementga aylandi. Qanday jarayonlar sodir bo‘lgan?
27 / 50
Bitta uglerod atomining massasini ( kg ) toping. ( Mr = 12 g/mol, NA = 6 ⋅ 1023 mol ̄¹)
28 / 50
Elektrlangan jismlar bir-biriga tegmasdan ma’lum masofada turib ta’sirlashishini qaysi olim tajriba orqali aniqlagan?
29 / 50
Bir jinsli yog‘och balka rasmdagidek muvozanatda turishi uchun, har sekundda yog‘ochning o‘ng uchiga nechta tomchi urilishi kerak?( vurilishi = 100 m/s, mtomchi = 1 g, Mbalka = 3 kg )
30 / 50
Yadrodagi protonlar va neytronlar sonining yigʻindisi nima deb ataladi?
31 / 50
Elektr yurituvchi kuchlari 𝜀₁ = 3 V va 𝜀₂ = 9 V, ichki qarshiliklari r₁ = r₂ = 3 Ω ga teng boʻlgan manbalar uzaro parallel ulanib batareya hosil qilingan. Batareyaga ulangan iste’molchining qarshiligi 6,5 Ω ga teng boʻlsa, undagi tok kuchini ( A ) toping.
32 / 50
10 kg massali jism silliq gorizontal sirt boʻylab gorizontga 60° burchak ostida yoʻnalgan 60 N kuch ta’sirida harakatlantirilmoqda. Jismning tezlanishini ( m/s²) toping.
33 / 50
Nuqtaviy yorug‘lik manbai qavariq sferik ko‘zguning optik o‘qida yotibdi. Yorug‘lik manbaining tasviri kozgu qutbidan 5 cm masofada hosil bo‘ldi. Ko‘zgu sirtining egrilik radiusi 30 cm ga teng. Ko‘zgu qutbidan yorug‘lik manbaigacha bo‘lgan masofani ( cm ) toping.
34 / 50
Bir-biridan 24 cm uzoqlikda joylashgan ikkita yassi parallel tekisliklar oraligiga nuqtaviy yorugʻlik manbai joylashtirildi. Birinchi tekislik yuzasining yoritilganligi ikkinchi tekislik yuzasiga nisbatan 4 marta katta boʻlgan boʻlsa, birinchi tekislik bilan yorugʻlik manbai orasidagi masofa qanchaga ( cm) teng?
35 / 50
Ikkita proton orasidagi masofa 1,5 ⋅ 10-15 m ga teng bo‘lsa, ular orasida qanday kuchlar mavjud bo‘ladi? 1-yadro kuchlari; 2-elektrostatik kuchlari; 3-gravitatsiya kuchlari; 4-magnit kuchlari
36 / 50
100 °S haroratli 1 kg bugʻni kondensatsiyalash va hosil boʻlgan suvni 0 °S gacha sovutishda ajraladigan issiqlik miqdori harorati 0 °S boʻlgan qandaydir massali muzni eritish uchun saflanadi. Erigan muzning massasini aniqlang. Suvning solishtirma issiqlik sigʻimi 4200 J /( kg⋅K )?, suv bugʻlanishining solishtirma issiqligi 2,22 MJ/kg, muz erishining solishtirma issiqligi 330kJ/kg.
37 / 50
200 m balandlikda turgan aerostatdan jism 10 m/s boshlangʻich tezlik bilan gorizontal otildi. Havoning qarshiligini e’toborga olmagan holda, harakatning ikkinchi sekundi oxirida jism trayektoriyasining egrilik radiusi qanday boʻlishini aniqlang. g = 10 m/s².
38 / 50
Yassi ko‘zgudan qaytgan nur bilan ko‘zgu sirti orasidagi burchak 45° ga teng bo‘lsa, tushayotgan va qaytgan nurlar orasidagi burchak qanchaga teng bo‘ladi?
39 / 50
Linzaning oʻrta qismi chetki qismiga nisbatan qalin boʻlsa, bu ... linza deyiladi?
40 / 50
Relyativistik jismning zichligi 25 marta oshsa uning hajmi necha marta o‘zgaradi?
41 / 50
Koʻndalang kesim yuzi 3,2 mm2 ga teng boʻlgan oʻtkazgich simdagi tok zichligi 4 mkA/mm² ga teng boʻlsa, 10 s ichida oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzi orqali nechta elektron oʻtadi?
42 / 50
Quyon shimol tomonga qarab 4 m/s tezlik bilan yugirmoqda. Quyonning ustida burgut uchmoqda. Burgutga quyon 7 m/s tezlik bilan gʻarb tomonga qarab yugurayotgandek koʻrinsa, burgutning tezligini toping ( m/s ).
43 / 50
Arqon koʻpi bilan 15 kg massali yukni koʻtara oladi. Shu arqon yordamida qanday massali yukni 5 m/s2 tezlanish bilan koʻtarish mumkin boʻladi? g = 10 m/s².
44 / 50
Prujinaga osilgan jismning tebranish amplitudasi 2 cm ga teng. Jismning tebranish davri 4 s. Eng chetki vaziyatdan harakatni boshlagan jism 6 s ichida qancha yoʻl yuradi ( cm )?
45 / 50
Zich berkitilgan shisha idishning ichidagi havo bosimi 7 °S temperaturada 150 kPa ga teng. Agar idishni qizdirmay turib, tiqinni tortib olish uchun 70 N minimal kuch talab etilsa, u shisha ogʻzidan otilib chiqishi uchun idishni qanday temperaturagacha ( °S da ) qizdirish kerak boʻladi? Tiqinning koʻndalang kesimi yuzasi 4 cm².
46 / 50
Ikkita bir xil o‘q devorga kelib uriladi. Birnchi o‘q 2 K ga, ikkinchisi esa 8 K ga qiziydi. Agar o‘qlarning barcha energiyasi ularning qizishiga sarflansa, ikkinchi o‘qning tezligi birinchisinikidan necha marta katta?
47 / 50
Ushbu grafik qaysi jarayonni ifodalaydi?
48 / 50
Tok manbai, voltmetr, oʻtkazgichlar va kalitdan iborat quyidagi zanjir tuzildi. Voltmetrning ichki qarshiligi oʻtkazgichlar qarshiligi R dan juda katta, manbaning ichki qarshiligi esa r = R/2 ga teng. Kalit ulanganidan soʻng voltmetrning koʻrsatishi qanday oʻzgarishini toping.
49 / 50
Shamolning tezligi 10m/s boʻlganda, yomgʻir tomchisining tezligi 17 m/s ga teng boʻldi. Agar shamolning tezligi 6 m/s ga teng boʻlsa, tomchining tezligi qanday boʻladi? ( m/s )
50 / 50
Massasi 4 kg boʻlgan jism gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 10 m/s tezlik bilan otildi. Jism harakatlanish paytida qanday eng kichik kinetic energiyaga ega boʻladi ( J )? Havoning qarshiligini hisobga olmang.
Your score is
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ