Biologiya fani o’qituvchilari uchun online attestatsiya 2024
Biologiya fanidan attestatsiya savollari
Biologiya fani ustozlari uchun online attestatsiya
1 / 50
Biokimyoviy evolutsiya nazariyasiga ko‘ra qaysi hodisadan keyin koatservatlarda bo‘linish xususiyati paydo bo‘lgan?
2 / 50
Itlarda A va B gen birgalikda junining qora rangini yuzaga chiqaradi. aaB, Abb genotiplar malla rangni, aabb genotip och sariq rangni yuzaga chiqaradi. Gomozigota malla itlar chatishtirilib qora rangli itlar olindi. F1 dagi qora itlar faqat B geni bo‘yicha gomozigota qora itlar bilan chatishtirildi. Olingan avloddagi qora kuchuklar qanday genotipik nisbatda bo‘ladi?
3 / 50
Achitqi zamburugʻi glyukozaning kislorodsiz sharoitda qaysi moddalarga parchalaydi?
4 / 50
Quyidagi hujayra tuzilmalari faoliyati bilan bog‘liq xato ifodalanishni toping.
5 / 50
Eng sodda tuzilgan yuksak o‘simlik ( a ) va eng sodda tuzilgan gulli o‘simlik ( b ) larni belgilang.
6 / 50
Hujayra ichidagi bakteriofagning reduplikatsiyadan oldin ( a ) va keyin ( b ) gi kimyoviy tarkibini aniqlang.1) dezoksiriboza; 2) uratsil; 3) riboza; 4) fosfat kislota qoldigʻi; 5) sistin; 6)timozin; 7) adenin; 8) timin; 9) sitozin; 10) prolin
7 / 50
Quyosh energiyasining tirik organizmlarda mexanik energiyaga aylanishigacha bo‘lgan jarayonlar ketma-ketligini belgilang.1) fotoliz; 2) oziqlanish( fitofag); 3) glyukozaning anaerob parchalanishi; 4) glyukoza sintezi; 5) quyosh energiyasi; 6) ATF sintezi; 7) sut kislota oksidlanishi; 8) muskul qisqarishi; 9) jismoniy ish bajarish; 10) ATFparchalanishi.
8 / 50
Qaysi kasallik bilan tugʻilgan bolaning otasi yoki onasida gametalar sofligi buzilgan?
9 / 50
Hayvonlarda tanasining yoʻqotilgan qismini qayta tiklanishi nima deb ataladi?
10 / 50
Ochiq urug‘lilar bo‘limiga mansub o‘simlikni aniqlang.
11 / 50
Ishlab chiqargan suyuqligi bo‘shliqlarga quyiladigan bezlarni toping.1) oshqozon osti bezi; 2) qalqon orqa bezi; 3) oshqozon bezlari; 4) sut bezi; 5) ter bezlari; 6) quloq oldi bezi; 7) jag‘ osti bezi; 8) jinsiy bezlar.
12 / 50
Nomozshomgulda qizil rang oq rang ustidan va gulqo‘rg‘on bo‘laklari qo‘shilganligi qo‘shilmaganligi ustidan chala dominantlik qiladi. Har ikki belgi ham oraliq xarakterda irsiylanadi. Gullari qizil, gulqo‘rg‘on bo‘laklari to‘liq qo‘shilgan o‘simlik oq gulli, gulqo‘rg‘on bo‘laklari qo‘shilmagan o‘simlik bilan chatishtirildi. F2 da 80 tup o‘simlik hosil bo‘ldi. Avlodning necha foizini pushti gulli, gulqo‘rg‘on bo‘laklari yarim qo‘shilgano‘simliklar tashkil qiladi?
13 / 50
Zog‘ora baliqning nafas olish a’zosini aniqlang.
14 / 50
Ikki organizmning nomenklaturasi quyida keltirilgan.1) panthera altaica ( Sibir yo‘lbarsi ); 2) panthera sumatrae ( Sumatra yo‘lbarsi );Quyidagilardan xato ma’lumotni toping.
15 / 50
Profaza va metafaza bosqichlarida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan holatni toping.
16 / 50
Traxeid ( a ) va sklereid ( b ) lar o‘simlikning qaysi qismida bo‘ladi? 1) o‘zakda; 2) floemada; 3) po‘kakda; 4) po‘stloqda; 5) ksilemada; 6) kambiyda; 7) peridermada; 8) meva etida.
17 / 50
Qaysi javobda insonning foydasi uchun amalga oshirgan tanlash mahsuloti berilgan?
18 / 50
Quyidagilardan qaysi biri tur me’zoni hisoblanmaydi?
19 / 50
Qaysi javobda suvga boʻlgan talabiga koʻra bitta ekologik guruhga mansub oʻsimliklar keltirilgan?1-elodiya; 2-qoʻgʻa; 3-makkajoʻxori; 4-sebarga; 5-shuvoq; 6-kaktus; 7-olma; 8-roʻvak; 9-karam; 10-saksovul.
20 / 50
OITS kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus birinchi marta qaysi olim tomonidan aniqlangan?
21 / 50
Ushbu holatda qaysi jarayon tasvirlangan?
22 / 50
O‘qituvchi guruh o‘quvchilariga ma’ruza qilishi davomida sistematik birliklar yuzasidan quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi.1. Hayvonlarda bir oilaga mansub turlar doimo bir turkumga kiradi.2. Bir xil turkumga kiruvchi o‘simliklar bitta oila vakili hisoblanadi.3. Hayvonlarda turlar ikki nom ( tur va turkum), undan yuqori taksonomikbirliklar esa bitta nom bilan ataladi. Masalan: turon yo‘lbarsi. Mazkur fikrlarning qaysi bir( lar )ida xatolik mavjud?
23 / 50
Qoʻzoq mevali, mevasi suv yordamida tarqaladigan oʻsimlik( lar )ni toping. 1) gʻumay; 2) machin; 3) nilufar; 4) zubturum; 5) zarpechak; 6) qurttana; 7) kurmak.
24 / 50
Quyidagilardan qaysilari mikroorganizmlardan odamgacha bir xil bo‘ladi?
25 / 50
Ontogenez tushunchasini fanga kiritgan olim quyidagilardan qaysi birini kashf etgan?
26 / 50
Implantatsiya ( a ) va transplantatsiya ( b ) uchun nima qoʻllaniladi?
27 / 50
Embrional rivojlanishda organlar tuzilishidagi evolutsion qayta shakllanishni aks ettiruvchi belgilar qaysi qonun asosida oʻz tasdig‘ini topgan?
28 / 50
To‘g‘ri fikrni toping.
29 / 50
Ovqat va ichimlik tarkibida iste’mol qilingan suvdan tashqari yana qaysi jarayon natijasida hujayralarda suv paydo boʻladi?
30 / 50
Bosh va orqa miya nerv hujayralarini oziqlantirish vazifasini qaysi biri bajaradi?
31 / 50
Chumchuqsimonlarga mansub o‘troq ( a ) va o‘troq bo‘lmagan ( b ) qushlarni aniqlang.1) chumchuq; 2) zog‘cha; 3) musicha; 4) kaptar; 5) go‘ng qarg‘a; 6) qaldirg‘och; 7) bulbul; 8) chittak
32 / 50
Hujayrada qaysi organoid sisternalar vakuolalar va kichik pufakchalardan iborat?
33 / 50
Saksovul o‘simligining qanday turlari bor?
34 / 50
AaBbCCDdHhJJ genotipli organizm necha xil gameta hosil qiladi va ularning necha foizida a va C genlari birga boʻladi? ( barcha genlar alohida xromosomada )
35 / 50
Glukoza va galaktozaning glikozid bog‘i orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan modda nomini toping.
36 / 50
Qushlar qaysi turdagi mevalar urug‘ini tarqalishiga yordam beradi?
37 / 50
Hujayrasi oval shaklda boʻlgan zamburugʻni aniqlang.
38 / 50
Quyidagi xromosoma qismlariga xos xato ma’lumotni toping.
39 / 50
Til qaysi vazifani bajarishda ishtirok etmaydi?
40 / 50
Oʻzgaruvchan tashqi muhit sharoitida organizm kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarini bir me’yorda ushlab turishi tiriklikning qaysi xususiyati bilan bogʻliq?
41 / 50
Qonning fiziologik eritmasini tayyorlash uchun 8 g tuzga necha gramm suv qoʻshish kerak?
42 / 50
Nima uchun nuqtali mutatsiya har doim ham oqsil tarkibida aminokislota almashinuviga olib kelmaydi?
43 / 50
Matnni o‘qing.RNK polimer bo‘lib, monomerlari nukleotidlardir. RNK da DNK ga o‘xshash azotli asos, uglevod ( riboza ) va fosfat kislota qoldig‘i bor. RNK da uglevodlardan riboza bo‘lib, azotli asoslardan timin uratsil bilan almashgan. RNK molekulasining zanjiri DNK nikiga qaraganda kalta va molekular og‘irligi ham kichikdir. RNK ning uch xili ma’lum: 1) i-RNK – informatsion ( axborotli ), bir necha yuz nukleotiddan iborat bo‘lib, irsiy axborotni DNK molekulasidan ko‘chirib, uni yadrodan oqsil sintez qilinayotgan joyga ( sitoplazmaga ) chiqaradi; 2) t-RNK – transport ( tashuvchi ), molekulasida 70 ga yaqin nukleotid bo‘lib, oqsil sintezi bo‘layotgan joyga, ya’ni ribosomaga tegishli aminokislotalarni tashib keltiradi; 3) r-RNK – ribosoma RNK si, hujayradagi ribosomalarning tarkibiga kirib, 4 - 6 ming nukleotiddan tashkil topgan bo‘ladi. Matn asosida oligan xulosalardan qaysi biri to‘g‘ri?
44 / 50
STASTSATGAAGTTT gendan sintezlangan iRNKning 2- va 4- tripletlariga mos keluvchi antikodonga ega tRNKni aniqlang.
45 / 50
Energiya piramidasi qoidasiga asoslanib X + Y ni toping.
46 / 50
Oziq zanjirida qushlar va sut emizuvchilar orasidagi bog‘lanish to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
47 / 50
Qaysi turkumlarning O‘zbekistonda yagona turi o‘sadi?
48 / 50
O‘simlikni toping.
49 / 50
Gastrulatsiya bosqichidan keyin hosil boʻlgan embrionning tashqi qavati nima deb ataladi?
50 / 50
Kalsiy quyidagi qaysi vazifani bajaradi?
Ваш результат:
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ