Fizika fanidan online attestatsiya 2024
Fizika fanidan attestasiya savollari
Fizika fani o'qituvchilari uchun online attestatsiya savollari.
1 / 50
Bitta suv molekulasida nechta kislorod atomi mavjud?
2 / 50
Koʻndalang kesim yuzasi 10 cm² boʻlgan shisha nayga 7 g massali suv va uning ustiga suv bilan aralashmaydigan zichligi 900 kg/m³ boʻgan 6,3 g massali shaffof suyuqlik quyilgan. Suyuqliklarga tushayotgan yorugʻlik nuri ularning chegara sirtiga 45º burchak ostida tushib, suvga 30º burchak ostida sinib oʻtmoqda. Yorugʻlik nurining suyuqliklardagi optik yoʻl uzunligi necha santimetr boʻladi? Suvning optik zichligi 1,33 ga teng.
3 / 50
10 m/s tezlik bilan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jism 20 s daqancha masofani bosib o‘tadi?
4 / 50
Koʻndalang kesimi 4 cm² boʻlgan poʻlat tayoqchaga ogʻirligi 8 · 104 N boʻlgan yuk osilgan. Tayoqchaning mexanik kuchlanishini toping.
5 / 50
Massasi 72 kg boʻlgan motoroller qiyaligi 0,06 boʻlgan qiya tekislik boʻylab koʻtarilmoqda. Qiya tekislik etagida uning tezligi nolga teng boʻlib 72 m masofada 12 m/s tezlikka erishdi. Motoroller harakatini tekis tezlanuvchan, harakatga qarshilik koeffisiyenti 0,04 ga teng deb hisoblab uning oʻrtacha quvvatini toping ( W ). g = 10 m/s².
6 / 50
Jism 480 nm to‘lqin uzunligidagi fotonlar bilan yoritilganda fotoeffekt hodisasi ko‘zatildi. Bu jism uchun fotoeffektning qizil chegara to‘lqin uzunligi 600 nm ga teng bo‘lsa, ajralib chiqqan elektronlarning kinetic energiyasi jismga tushayotgan fotonlar energiyasining necha foizina tashkil qiladi?
7 / 50
Jism h = 20 m balandlikdan υ₀= 17,3 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. t = 2 s dan keyin jism kochish vektorining yoʻnalishi gorizont bilan qanday burchakni hosil qiladi? g = 10 m/s².
8 / 50
Sirt taranglik koeffitsiyentining birliklarini toping.l) N/m; 2) N/m2; 3) J/m; 4) J/m2; 5) Pa·m.
9 / 50
Aylana boʻylab 6,25 rad/s burchak tezlik va 4 m/s chiziqli tezlik bilan harakatlanayotgan nuqtaning markazga intilma tezlanishining modulini ( m/s² ) toping.
10 / 50
Uchburchak shakldagi yakkalangan o‘tkazgichda elektr zaryadlari qanday taqsimlangan bo‘ladi?
11 / 50
Gazning mutlaq temperaturasi 1,69 marta ortganida, molekulalarning o‘rtacha kvadratik tezligi necha marta ortadi?
12 / 50
Suv kapillyar nayda 30 mm ko‘tarildi. Agar idish 5 m/s² tezlanish bilan ko‘tarilsa, bu naydagi suvning kapilyar ustunining balandligi qanchaga teng bo‘ladi?
13 / 50
Detal sirti xrom bilan qoplanayotgan elektrolitik vannada tokning oʻrtacha zichligi 90A/cm² ga teng boʻlsa, 2 soat davomida qanday qalinlikdagi xrom qatlami hosil boʻladi ( mm )? Xromning zichligi 7,2 g/cm³, elektrokimyoviy ekvivalenti 0,18 mg/C ga teng.
14 / 50
Buyumni yig‘uvchi linzada hosil qilingan haqiqiy tasvirlari bilan buyum orasidagi eng qisqa masofa 12,5 cm ga teng bo‘ldi. Linzaning optik kuchini ( D ) toping.
15 / 50
Yuzasi 40 cm², elektr qarshiligi 2 Ω boʻlgan kontur orqali oʻtuvchi magnit maydon induksiyasi XBS da B = 0,02·cos( 100·t ) ( T ) qonun boʻuicha oʻzgaradi. Induksiya vektori kontur tekisligiga tik yoʻnalgan boʻlsa, konturda hosil boʻladigan tok kuchini maksimal qiymatini toping ( mA ).
16 / 50
Inersial sanoq sistemasiga nisbatan toʻgʻri chiziqli tekis harakatda boʻlgan jism muvozanat vaziyatida boʻladimi?
17 / 50
Biror balandlikdan erkin tushayotgan jism 1,25 m tushganda qiyaligi α = π/4 boʻlgan qiya tekislik bilan noelastik toʻqnashdi. Toʻqnashuv 0,1 s davom etgan boʻlsa, jismga ta’sir etuvchi kuchni toping ( N ). Jism massasi 2 kg.
18 / 50
n = 2 sindirish ko‘rsatgichli muhitda nur yo‘lining geometrik uzunligi S = 5m. Optik yo‘li ( m ) nimaga teng?
19 / 50
Tezyurar lift yerga nisbatan 3 m/s² tezlanish bilan tushmoqda. Qandaydir vaqt daqiqasida lift shiftidan bolt tusha boshlaydi. Liftning balandligi 3,5 m. Boltni lift poliga tushish vaqtini ( s ) aniqlang. g = 10 m/s²
20 / 50
Massasi 800 g boʻlgan jism x = 15 ⋅ cos( 10 ⋅ t + π/3 ) ( cm ) qonunyatga binoan tebranmoqda. Jismga ta’sir qilayotgan kuchning amplitude qiymati nimaga teng ( N )?
21 / 50
Bugʻning suyuqlik holatiga oʻtish jarayoni nima deb ataladi?
22 / 50
Massasi 320 g bo‘lgan kislorod 0,02 m³ hajmni egallab turibdi. Molekulalar konsentratsiyasini ( m-3 ) toping. Kislorodning molar massasi 32 g/mol, Avogadro doimiysi NA= 6 ⋅ 1023 mol-1 ga teng.
23 / 50
Qirrasi 30 cm bo‘lgan muntazam tetraedrning uchta uchida 2; 8 va ‒ 2 nC nuqtaviy zaryadlar bor. To‘rtinchi uchidagi potensialni toping.
24 / 50
Amplitudasi A va to‘lqin uzunligi λ=120 nm nurlarning interferensiyalanishi natijasida fazoda 1,41A amplituda ega tebranishlar hosil bo‘ldi. Nurlarning minimal yo‘llar farqi ( nm ) nimaga teng?
25 / 50
Elektron E = 12,75 eV energiya olib orbita radiusini o‘zgartirdi. Elektron orbitasining radiusi necha marta o‘zgarganligini toping. Elektronning stasionar holatdagi energiyasi E0 = - 13,6 eV ga teng.
26 / 50
Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagiga nisbatan 4 marta kichik boʻladi ( km ). Yerning radiusi 6400 km.
27 / 50
Linzaning optik kuchi birligi - dioptriyani boshqa birliklar orqali qanday ifodalash mumkin?
28 / 50
Ketma-ket joylashgan ikkita qutblagichning optik o‘qlari orasidagi burchak π/4 ga teng. Qutblagichlarga tushayotgan tabiiy oq yorug‘lik nurining intensivligi 6,4⋅I0 bo‘lsa, ulardan o‘tgan yorug‘lik intensivligini toping.
29 / 50
Bir jinsli yog‘och balka rasmdagidek muvozanatda turishi uchun, har sekundda yog‘ochning o‘ng uchiga nechta tomchi urilishi kerak?( vurilishi = 100 m/s, mtomchi = 1 g, Mbalka = 3 kg )
30 / 50
Kristall holatdagi uglerodning uch xil koʻrinishini toping?
31 / 50
Dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng boʻlgan muhitda joylashgan metal sharning elektr sigʻimi 0,2 nF ga teng boʻlsa, uning radiusini toping ( cm ).
32 / 50
Magnit induksiyasi 16,7 mT boʻlgan bir jinsli magnit maydoniga induksiya chiziqlariga tik yoʻnalishda uchib kirgan proton aylana troyektoriya boʻylab harakatlanadi. 6,28 s ichida protonning aylanishlar soni qanchaga teng boʻladi?
33 / 50
Agar ochiq idishdagi havoni 2 °C dan 100 °C gacha qizdirilsa, uning massasi necha grammga kamayadi? Havoning boshlang‘ich massasii 373 g.
34 / 50
Massasi 4 kg boʻlgan jism gorizont bilan 30° burchak hosil qilgan qiya tekislik uchiga olib chiqildi.Jism qiya tekislik uchida qanday potensial energiyaga ega boʻladi ( J )? Qiya tekislikning uzunligi 8 m ga teng. Qiya tekislik asosidagi potensial energiyani nolga teng deb oling.
35 / 50
OX oʻqi boʻylab toʻgʻri chiziqli tekis harakat qilayotgan A va B jismlarning harakat grafiklari keltirilgan. A jismni B jismga bogʻlangan sanoq sistemasidagi harakat tezligi qanday boʻladi ( m/s )?
36 / 50
Qiya tekislikning uzunligi 8 m, balandligi 40 cm ga teng. Ishqalanish boʻlmaganda jism qiya sirtda qanday tezlanish bilan pastga siljiydi ( m/s² )?
37 / 50
Elektromagnit toʻlqinning oʻrtacha energiyasi zichligi qiymatini maksimal energiya zichligi qiymatiga nisbatini toping.
38 / 50
Ikkita proton orasidagi masofa 0,5 ⋅ 10^-14 m ga teng bo‘lsa, ular orasida qanday kuchlar mavjud bo‘ladi? 1-yadro kuchlari; 2-elektrostatik kuchlari; 3-gravitatsiya kuchlari; 4-magnit kuchlari
39 / 50
Tomonlari a va 2a ga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bir jinsli metall listdan berilgan ko‘rinishdagi doira kesib olingan bo‘lsa, listning og‘irlik markazi dastlabki vaziyatiga nisbatan qanchaga siljigan?
40 / 50
Birinchi jism A va B punktlarga borib kelishi uchun 3 sutka, ikkinchi jism esa 7 sutka sarflaydi. 7 sutka ichida bu jismlar necha marta uchrashadi?
41 / 50
108 km/soat tezlikda 69 kW quvvatga erishadigan va FIK 40 % boʻlgan avtomobilning dvigateli uchun 10 kg benzin necha kilometr yoʻlga yetadi? Benzinning solishtirma yonish issiqligi 46 MJ/kg.
42 / 50
Yulduzlar asosan nihoyatda qizigan qanday gazlaridan tashkil topgan ulkan sharlardir?
43 / 50
Koʻndalang kesim yuzi 3,2 mm² ga teng boʻlgan oʻtkazgich simdagi tok zichligi 1 mkA/mm² ga teng boʻlsa, 10 s ichida oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzi orqali nechta elektron oʻtadi?
44 / 50
Rezina shnurga mahkamlangan 300 g massali toshcha gorizontal tekislikda aylana boʻylab 10 rad/s burchak tezlik bilan shunday aylanadiki, shnur vertikal bilan 60° burchak hosil qiladi. Agar shnurning bikrligi 120 N/m boʻlsa, uning choʻzilmagan holdagi uzunligini toping. ( cm ) g = 10 m/s²
45 / 50
Quyidagi elektr zanjirida ampermetrning ichki qarshiligini juda kichik deb hisoblab, kalit ulanganda ampermetrning koʻrsatishi qanday oʻzgarishini toping.
46 / 50
Hovuz tubiga nuqtaviy yorug‘lik manbai o‘rnatilgan va suv sirtidan 1 m balandda ko‘zgu joylashtirilgan. Hovuz chuqurligi 2 m bo‘lsa va manbadan chiqayotgan nur gorizont bilan 60° tashkil etsa, nurning 2 ta sinish nuqtalari orasidagi masofani toping. ( suvning sindirish ko‘rsatkichi n=1,33 )
47 / 50
162 km/soat tezlikda 69 kW quvvatga erishadigan va FIK 40 % boʻlgan avtomobilning dvigateli uchun 10 kg benzin necha kilometr yoʻlga yetadi? Benzinning solishtirma yonish issiqligi 46 MJ/kg.
48 / 50
Erkin elektronlar konsentrasiyasi 3,6 · 10²² sm³ ga teng boʻlgan oʻtkazgichdagi tok zichligi 160 mA/cm² ga teng. Tok tashiyotgan elektronlar 30 minut ichida qanday masofaga siljiydi ( cm ) ?
49 / 50
Fokus masofasi 25 cm bo’lgan qavariq linzaning optik kuchini toping.
50 / 50
Elektr qarshiligi 14 Ω ga teng boʻlgan oʻtkazgich oʻzgarmas kuchlanish tarmogʻiga ulangan. Oʻtkazgichda ajralayotgan elektr quvvati 9 marta kamayishi uchun unga qanday qarshilikka ( Ω ) ega boʻlgan oʻtkazgich ketma-ket ulanishi kerak?
Your score is
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ