Attestatsiya 2025 uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.
01.08.2025
Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi
✅Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:
➖Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti fanlaridan — 21 oktabr kuni (1 kun);
➖ Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 22 oktabr kuni (1 kun);
➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 23 oktabr kuni (1 kun);
➖ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist (direktor o‘rinbosari), O‘qituvchi-defektolog (MTT), O‘qituvchi-logoped (MTT), Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog (MTT), Ingliz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha) Fransuz tili (maktabgacha) fanlaridan — 24 oktabr kuni (1 kun);
➖ Jismoniy tarbiya, Musiqa madaniyati fanlaridan — 25 oktabr kuni (1 kun);
➖ Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 27 oktabr kuni (1 kun);
➖Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 28-29 oktabr kunlari (2 kun);
➖ Kimyo, Fizika fanlaridan — 29 oktabr (1 kun)
➖ Ingliz tili fanidan — 30-31 oktabr kunlari (2 kun);
➖ Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo‘nalishi — o‘g‘il bolalar uchun), Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlaridan — 1 noyabr kuni (1 kun);
➖Boshlang‘ich ta’limdan — 3-7 noyabr kunlari (5 kun);
➖Fransuz tili, Nemis tili, Koreys tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan va Psixologlar (maktab), Logoped-pedagoglar (maktab), Defektolog-pedagoglar (maktab) uchun — 7 noyabr kuni (1 kun);
➖ Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun — 8 noyabr (1 kun);
➖ Matematika fanidan — 10-11 noyabr kunlari (2 kun);
➖ Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 11-12 noyabr kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.