📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!
✅Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2024 yilning 10 oktyabriga qadar amalga oshirishingiz mumkin.
Xabaringiz bor, 2024 yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 1 avgustdan 1 oktyabrga qadar davom etdi.
➡️ Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.
❗️O’qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10 oktyabriga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.