Kimyo fanidan online attestatsiya 2024 savollari
Kimyo fanidan online attestatsiya savollari.
1 / 50
K, Sc va Cr atomlarida elektron bilan to‘lmagan qobiqlar sonini toping.
2 / 50
2-kichik davrdagi p elementlar soni berilgan javobni toping.
3 / 50
Sof modda, aralashma va sof modda tartibida joylashgan qatorni aniqlang.
4 / 50
0,8 mol og‘ir sulfat kislota ( D₂SO₄) tutgan eritmaga 150 g kaliy ishqori quyildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi og‘ir suv massasini ( g ) toping.
5 / 50
Olmos nomolekular tuzilishli modda bo‘lib kristall panjara tugunlarida … joylashgan.
6 / 50
Zichlik birligini toping.
7 / 50
2:1 mol nisbatda olingan C₂H₆ va noma’lum alkadiyendan iborat aralashmada vodorod atomlari bilan uglerod atomlari nisbati 2,2:1 ga teng. 42,6 g aralashma necha gramm bromni biriktirib oladi?
8 / 50
Kuchsiz kislota hisoblanishi uchun n qanday qiymat qabul qiladi?( E( OH)mOn)
9 / 50
6,24 g AB₃ dan oksidlanish-qaytarilish jarayonida 11,36 g B₃AO₄ moddasi hosil bo‘ldi. A atomining bir ekvivalentiga to‘g‘ri keladigan eng kichik massasini ( g ) toping.
10 / 50
Xato yozilgan kimyoviy formulani toping.
11 / 50
H₂SO₄ tarkibidagi oltingugurt va kislorod hosil qilgan bog‘lar nisbatini toping
12 / 50
Malaxit tarkibidagi mis va uglerod atomlarining valentliklari yig‘indisini toping. ( Malaxit - ( CuOH ) ₂CO₃)
13 / 50
As₄S₄ + HNO₃ → H₃AsO₄ + SO₂ + NO + H₂O.Ushbu reaksiyada hosil bo‘lgan gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 10,33 ga teng bo‘lsa, oksidlovchi oldidagi koeffitsiyentni toping.
14 / 50
Sulfat kislota eritmasida 3 mol H+ va 0,8 mol SO₄²̄ ionlari bo‘lsa, eritmadagi HSO₄- ioni miqdorini ( mol ) aniqlang.
15 / 50
Qaysi element tarkibida d orbitalda harakatlana oluvchi elektron mavjud?
16 / 50
Al( OH )x( ClO₃ )y tarkibidagi sigma bog‘larning jami bog‘larga nisbatan foiz ulushini toping.
17 / 50
Bir bolaning qo‘lida 3 ta shar bor. Bularning har biriga har xil gaz to‘ldirilgan. Agar bola bu sharlarni qo‘yib yuborsa, qaysi gaz( lar ) bilan to‘ldirilgan shar( lar ) havoga ko‘tariladi?
18 / 50
Fosforning III valentli gidrooksidi qanday xossani namoyon qiladi?
19 / 50
Oxirgi valent elektronining kvant sonlari n = 3; l = 0; m = 0; s = ‒1/2 boʻlgan metallning oksidi va karbonatli tuzi moʻl miqdordagi xlorid kislotada eritilganda 8,96 l ( n.sh. ) gaz ajraldi. Reaksiyadan soʻng hosil boʻlgan tuzning massasini ( g ) aniqlang. ( reaksiya uchun tuz va oksid 1:2 mol nisbatda olingan )
20 / 50
Quyidagi qaysi moddalarning kislotali gidrolizi qaytar va ishqoriy gidrolizi qaytmas bo‘ladi?I ) etilatsetat; II ) metoksietan; III ) chumoli kislotaning etilefiri; IV ) dimetil keton; V ) natriy formiat; VI ) kaliy alkogolatlari
21 / 50
Molekulasidagi oddiy bogʻlar soni oʻzaro teng boʻlgan moddalarni toping.1) CH₆; 2) kumol; 3) Al₂ ( SO₄)₃; 4) N₂H₄; 5) C₂H₄; 6) H₃PO₂.
22 / 50
Element oksidi tarkibidagi atomlarning ekvivalent massalari oʻzaro teng boʻlsa, shu elementning maksimal valentli ftoridining molyar massasini ( g/mol ) toping.
23 / 50
Foli reaksiyasi qanday moddalar orasida olib boriladi?
24 / 50
N energetik qavatda joylashgan elektronlar soni maksimalga yetishi uchun10 ta kam bo‘lsa, ushbu qavatdagi elektronlar sonini aniqlang.
25 / 50
Quyida keltirilgan bir xil tarkibli alkanning mononitrolanish tezligi ortib borish tartibini toping.1. R₁CH₂R₃ 2. ( R₁)₃CH 3. R₂CH₃
26 / 50
NH3 yopiq idishda qizdirildi. π va σ bogʻlar nisbati 4:14 boʻlganda muvozanat qaror topdi. Dastlabki ammiakning miqdori 3mol/l boʻlsa, muvozanat konstantasini ( KM ) toping.( idish hajmi 1 litr )
27 / 50
MnxOy dagi marganes, pirolyuzit tarkibidagi marganesdan massa ulushi bo‘yicha 1,14 marta farq qilsa, x va y ni aniqlang.
28 / 50
Tarkibida 18 g fenol bo‘lgan 400 g suvli eritma nima maqsad( lar )da ishlatiladi?1) plastmassalar olishda; 2) ichni yumshatuvchi dori vositasi sifatida; 3) indikator sifatida; 4) dezinfeksiya vositasi sifatida; 5) polimerlar olishda
29 / 50
Quyidagi reaksiya tenglamalari orqali x indeksi qiymatini toping.1) AₓBᵧ + 2Bᵧ → AₓBᵧ+2 + 2Bₓ 2) ABₓ + AB → AₓBᵧ
30 / 50
Birikmalarda III valentli metallning massalari oʻzaro teng. Shu metall fosfatining massasi 24,4 g, sulfatining massasi 34,2 g boʻlsa, xloridining massasini ( g ) toping.
31 / 50
H₄P₂O₇ molekulasida fosforning valentligi va oksidlanish darajasi nechaga teng?
32 / 50
C₁₀H₁₅ tarkibli aromatik uglevodorodning eng ko‘p metil tutgan izomeriyasida benzol halqasidagi uglerodning oksidlanish darajasi yig‘indisini toping.
33 / 50
36,25 g H2EO4 tutgan eritmada gidratlangan zarrachalar( H₃O+, H₂EO₄, HEO₄‒) miqdori mos ravishda 0,28; 0,05; 0,12 mol boʻlsa, E ni aniqlang.
34 / 50
Quyidagi tajribada tomchilab qo‘yish orqali 49 g sulfat kislota sarflandi. Ikkinchi reaksiya ( reaksiya unumi 50 %) natijasida 4,5 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, olingan PbO massasini ( g ) toping.
35 / 50
Tarkibida Na2S, Na2SO3 va Na2SO4 erigan eritmaga dastlab moʻl miqdorda bariy nitrat qoʻshildi va choʻkma ajraldi. Choʻkma moʻl miqdordagi HJ eritmasida eritildi. Oxirgi eritma tarkibida qaysi ionlar boʻladi?
36 / 50
Etan va argondan iborat aralashmada etanning massa ulushi 75 % ga teng. Aralashmaga qanday gaz qoʻshilsa, aralashmaning zichligi oʻzgarmaydi?
37 / 50
1 mol SiO₂ uglerod yordamida qaytarildi. Reaksiya natijasida 44,8 l ( n.sh. ) gaz ajraldi. Hosil bo‘lgan kremniyli modda formulasini toping.
38 / 50
Ushbu termokimyoviy jarayonda qaysi zarracha ajralgan?
39 / 50
0,15 mol H₂SO₄· nSO₃ tarkibli oleumda 25,2 · NA ta neytron boʻlsa, n ning qiymatini toping.
40 / 50
12,25 g H3PO4 kislota qizdirilganda ( HPO₃)n · H₂O koʻrinishidagi chiziqli polimer va 2,16 g suv hosil boʻldi. Polimerning nisbiy molekulyar massasini toping.
41 / 50
Avtotransport gaz balloniga 20 atm ( T = 273 K ) da propan gazi joylashtirildi. Gaz ballonning kuchi 40 atm ga teng. Tashqi muhitning harorati qanchaga yetganda gaz ballonning kuchi bardosh berolmaydi?
42 / 50
1 mol H₂O da nechta zarracha ( n + p ) bor?
43 / 50
O₃ molekulasining massasini qanday zarrachalar hosil qiladi?
44 / 50
A pallada 64 g dolomit, B pallada esa 2 mol X modda mavjud bo‘lsa, X moddani toping.
45 / 50
Teng miqdorda olingan A va PBr₅ katalizator ishtirokida reaksiyaga kirishdi. Olingan B modda ishqorning spirtdagi eritmasida erishidan metiletilatsetilen hosil boʻldi. A modda( lar )ni toping.1. Metiletilketon 2. Metilpropilketon 3. Pentanon – 2 4. Pentanon – 3
46 / 50
3 ta idishdagi eritmalar aralashtirildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi xlor ionining konsentratsiyasini ( mol/l ) toping.
47 / 50
CₓHᵧ + nO₂ → xCO₂ + 0,5ᵧH₂O.Ushbu yonish reaksiyasida kislorod oʻrniga 1N₂ + 1O₂ aralashmasi ishlatilganda reaksiya tezligi 128 marta kamaydi. Alkinning molyar massasini ( g/mol ) toping.
48 / 50
Og‘zi ochiq idishda magniy sulfatning 286 g to‘yingan eritmasi berilgan. Eritma qizdirilganda hosil bo‘ladigan bug‘dan 64,4 g Na₂SO₄ · 10H₂O olindi. Magniy sulfat eritmasi dastlabki haroratga keltirildi. Hosil bo‘lgan cho‘kmaning ( MgSO₄) massasini ( g ) toping. ( MgSO₄ ( S=30))
49 / 50
AgNO₃ eritmasi elektroliz qilindi. Shu eritmadagi ikkilamchi jarayon mahsulotlarini aniqlang. Elektrodning reaksiyaga kirishishini hisobga olmang.1) O₂; 2) AgNO₃; 3) Ag; 4) H₂; 5) HNO₃; 6) NO₂.
50 / 50
C₂H₄O formula necha xil sinfga toʻgʻri keladi?
Your score is
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ