Fizika fani ustozlari uchun online attestatsiya savollari 2024.
Fizika fanidan attestatsiya savollari 2024.
1 / 50
Vakuumda qavariq linza ( 1), ko‘zgu qavariq ( 2), botiq linza ( 3), botiq ko‘zgu ( 4) ning qaysi biri yordamida haqiqiy tasvir hosil qilish mumkin?
2 / 50
Ionlanish energiyasi E ga teng bo‘lgan xlor (³⁵₁₇CL) atomi neytron bilan bombardimon qilinmoqda.Bunda neytron qanday kinetik energiyaga ega bo‘lganda xlor atomini ionlashtira oladi? Neytron massasi 1,6748⋅10 ̄²⁷ kg ga teng.
3 / 50
Normal koʻz uchun eng yaxshi koʻrish masofasi qanchaga teng?
4 / 50
Yassi havo kondensatorining elektr sigʻimi 2 mkF ga teng. Kondensatorning qoplamalari orasidagi masofa oʻzgartirilmasdan, qoplamalar sirtining yarmi bilan chegaralangan fazo dielektrik singdiruvchanligi 3 ga teng boʻlgan muhit bilan toʻldirildi. Hosil boʻlgan kondensatorning elektr sigʻimini topng ( mkF ).
5 / 50
Yuzasi 10 cm2, elektr qarshiligi 4 Ω boʻlgan kontur orqali oʻtuvchi magnit maydon induksiyasi XBS da B = 0,02·cos( 100·t ) ( T ) qonun boʻuicha oʻzgaradi. Induksiya vektori kontur tekisligiga tik yoʻnalgan boʻlsa, konturda hosil boʻladigan tok kuchini maksimal qiymatini toping ( mA ).
6 / 50
Agar ochiq idishdagi havoni 7 °C dan 112 °C gacha qizdirilsa, uning massasi necha grammga kamayadi? Havoning boshlang‘ich massasi 385 g.
7 / 50
Elektron 1,5 kV/m kuchlanganlikdagi bir jinsli elektr maydonga 4 Mm/s tezlik bilan maydon kuchlanganlik chiziqlariga perpendikulyar ravishda uchib kirdi. 100/9 ns vaqt momentida uning tezlik miqdorini ( Mm/s da ) hisoblang. Elektronning solishtirma zaryadi 1,8 ⋅ 1011 C/kg.
8 / 50
Oʻzgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshiligi 18 Ω boʻlgan rezistor, elektr sigʻimi 50 nF boʻlgan kondensator va induktivligi 8 mGn boʻlgan gʻaltak ketma-ket ulangan. Oʻzgaruvchan tokning siklik chastotasi qanday qiymatga ega boʻlganida ( rad/s ), zanjirdagi tok kuchi bilan kuchlanish fazalari farqi nolga teng boʻladi?
9 / 50
Massasi 0,1 kg boʻlgan jism x = 3 ⋅ cos( 2t ) va y = 4 ⋅ sin( 2t ) qonun boʻyicha harakatlanmoqda. Jismni t = T/2 vaqtdagi impulsini ( kg⋅m/s ) toping.
10 / 50
50 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan massasi 4t bo‘lgan avtomobilning kinetik energiyasini hisoblang.
11 / 50
Jism radiusi 1 m ga teng boʻlgan aylana trayektoriya boʻylab 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Aylanish davrining yarmiga teng vaqt oraligida jism bosib oʻtadigan yoʻlni ( m ) va jism koʻchishining modulini ( m ) toping.
12 / 50
Oltiburchak shaklidagi bir jinsli metal jismdan quyidagidek doira kesib olingan bo‘lsa, uning og‘irlik markazi dastlabki og‘irlik markazidan qanchaga siljigan?
13 / 50
100 °S haroratli 0,5 kg bugʻni kondensatsiyalash va hosil boʻlgan suvni 0 °S gacha sovutishda ajraladigan issiqlik miqdori harorati 0 °S boʻlgan qandaydir massali muzni eritish uchun saflanadi. Erigan muzning massasini aniqlang. Suvning solishtirma issiqlik sigʻimi 4200 J /( kg⋅K )?, suv bugʻlanishining solishtirma issiqligi 2,22 MJ/kg, muz erishining solishtirmaissiqligi 330 kJ/kg.
14 / 50
Sindirish koʻrsatkichi 2,4 boʻlgan olmosdagi yorugʻlik tezligini ( m/s ) aniqlang.
15 / 50
Erkin elektronlar konsentrasiyasi 2 · 1022 cm-3 ga teng boʻlgan oʻtkazgichdagi tok zichligi 160 mA/cm2 ga teng. Tok tashiyotgan elektronlar 20 minut ichida qanday masofaga siljiydi ( cm )?
16 / 50
Shamolning tezligi 15 m/s boʻlganda, yomgʻir tomchisining tezligi 20 m/s ga teng boʻldi. Agar shamolning tezligi 9 m/s ga teng boʻlsa, tomchining tezligi qanday boʻladi? ( m/s )
17 / 50
To‘lqin nazariyasi bilan tushuntirish mumkin bo‘lgan hodisalar to‘liq keltirilgan javobni belgilang: yorug‘likning sinishi ( 1), yorug‘likning qaytishi ( 2), yorug‘lik difraksiyasi ( 3), yorug‘lik dispersiyasi ( 4) va yorug‘lik interferensiyasi ( 5).
18 / 50
Massasi 1,4 kg, zichligi 1800 kg/m3 boʻlgan jism suyuqlik solingan idish tubida yotibdi. Idish vertikal yuqoriga 4 m/s² tezlanish bilan koʻtarilmoqda. Jismni idish tubiga beradigan bosim kuchini toping. Suyuqlik zichligi 900 kg/m³, g = 10 m/s².
19 / 50
Massalari 2 kg va 4 kg boʻlgan sharlar noelastik toʻqnashganda yoʻqotiladigan kinetik energiyani toping? Toʻqnashgunga qadar sharcha 2m/s va 5 m/s tezliklar bilan bir tomonga harakatlangan.
20 / 50
Inersial sanoq sistemasiga nisbatan alfa zarrachasi va noma’lum zarracha qarama-qarshi yo‘nalishlarda har biri 0,5c tezlikda harakatlanmoqda. Alfa zarrachasiga bog‘langan sanoq sistemasiga nisbatan noma’lum zarrachaning yashash vaqtini toping ( mks ). Zarrachaning xususiy yashash vaqti 96 mks ga teng.
21 / 50
Issiqlik uzatish vaqtida jism olgan yoki yoʻqotgan ichki energiya miqdori nima deb ataladi?
22 / 50
Massasi 300 g dan boʻlgan uchta bir xil sharcha bikrligi 40 N/m dan boʻlgan bir xil prujinalarga rasmda koʻrsatilganidek teng tomonli uchburchak shaklida mahkamlangan. Sharchalarga bir vaqtda uchburchak markazidan tashqi tomonga yoʻnalgan bir xil 2 m/s tezlik berilsa sharchalar harakat yoʻnalishida qanday eng katta masofaga ( cm ) siljiydi?
23 / 50
Yuqoridagi rasmda yuklarni ko‘tarib turgan iplar g‘ildiraklarga mahkamlangan va o‘sha g‘ildiraklar bitta o‘qqa mahkamlangan. Agar sistema muvozanatda bo‘lsa, ? belgisi qo‘yilgan yuk necha birlik massaga ega?
24 / 50
Agar dinamometrga osilgan yukni suyuqlikka tushirsak, nima sababdan dinamometr kichikroq qiymatni ko‘rsatadi?
25 / 50
Raketa parvozining ikkinchi bosqichida uning orqa qismi ajralib qoldi, natijada uning tezligi 20 % ga oshdi. Ajralgan qismning ogʻirligi raketa boshlangʻich ogʻirligining 1/4 qismini tashkil etgan boʻlsa, ajralgan qism qanday tezlik bilan harakatlanadi ( m/s )? Raketaning boshlangʻich tezligi 120 m/s ga teng boʻlgan.
26 / 50
3 kg massali jism 9 m balandlikdan boshlangʻich tezliksiz tushib yer sirti yaqinida 12 m/s tezlik oldi. Havoning oʻrtacha qarshilik kuchini ( N ) toping. ( g = 10 m/s²)
27 / 50
Usti ochiq idish 7 °C dan 77 °C isitildi. Idishdagi havoning massasi necha foizga kamayadi?
28 / 50
Jismni qandaydir sayyoraning qutbidan ekvatoriga koʻchirishda uning vazni 20 % ga kamayadi. Sayyoraning aylanish burchak tezligi 0,001 rad/s, uning radiusi 5000 km. Shu sayyoradagi erkin tushish tezlanishi ( m/s²) qanchaga teng? Sayyorani ideal shar deb hisoblang.
29 / 50
108 km/soat tezlikda 69 kW quvvatga erishadigan va FIK 40 % boʻlgan avtomobilning dvigateli uchun 10 kg benzin necha kilometr yoʻlga yetadi? Benzinning solishtirma yonish issiqligi 46 MJ/kg.
30 / 50
Ikki jism toʻgʻri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Birinchi jismning harakat tenglamasi x = – 2 + 0,5⋅t ( m ), y = – 0,3⋅t ( m ) koʻrinishda, ikkinchi jismniki esa x = – 10 + t ( m ), y = – 0,2 + 0,1⋅t ( m ) koʻrinishda. Koʻzatish boshlanganidan 8 s oʻtgach jismlar orasidagi masofa necha metr boʻladi?
31 / 50
Quyoshdan eng uzoq bo‘lgan sayyorani toping.
32 / 50
Yorug‘lik nuri havodan shaffof muhitga to‘la ichki qaytishning chegaraviy burchagi bo‘yicha tushganda nurning sinish burchagi 30º ga teng bo‘ldi. Yorug‘lik nurini 0,71 ns ichida muhitda o‘tgan masofasini ( sm ) toping.
33 / 50
Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagiga nisbatan 36 marta kichik boʻladi ( km ). Yerning radiusi 6400 km.
34 / 50
Gaz kengayganda qanday ish bajaradi va gazning ichki energiyasi qanday o‘zgaradi?
35 / 50
Yuzasi 4 cm2 boʻlgan sirtdan nuqtaviy yorugʻlik manbai tarqatayotgan yorugʻlik oqimining 2 % qaytayotgan boʻlsa sirtning yorqinligi necha lm/cm² ga teng boʻladi? Manbaaning yorugʻlik kuchi 200 cd ga teng.
36 / 50
Oʻtkazgichdagi tok kuchining vaqt boʻyicha oʻzgarishi XBS da i = 3,2 · 10 ̄⁵·t ( A ) tenglama bilan ifodalanadi. 10 s ichida oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzi orqali oʻtgan elektronlar sonini toping.
37 / 50
Elektr qarshiligi 14 Ω ga teng boʻlgan oʻtkazgich oʻzgarmas kuchlanish tarmogʻiga ulangan. Oʻtkazgichda ajralayotgan elektr quvvati 9 marta kamayishi uchun unga qanday qarshilikka ( Ω ) ega boʻlgan oʻtkazgich ketma-ket ulanishi kerak ?
38 / 50
Qanday haroratda vodorod molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 3000 m/s ga teng bo‘ladi? ( Mr = 2 g/mol )
39 / 50
Qiya tekislik boʻylab boshlangʻich tezliksiz dumalab tushayotgan sharchaning tekislik oxiridagi tezligi 36 km/h ga teng boʻldi. Qiya tekislikning dastlabki 1/4 qismida sharcha qanday oʻrtacha tezlik bilan ( km/h ) harakatlangan? Tekislikning qiyalik burchagi 45º ga teng.
40 / 50
Quyidagi elektr zanjirida ampermetrning ichki qarshiligini juda kichik deb hisoblab, kalit ulanganda ampermetrning koʻrsatishi qanday oʻzgarishini toping.
41 / 50
Magnit induksiyasi 40 mT boʻlgan bir jinsli magnit maydoniga induksiya chiziqlariga tik yoʻnalishda uchib kirgan alfa zarrasi radiusi 16,6 sm ga teng boʻlgan aylana troyektoriya boʻylab harakatlanadi. Alfa zarrasiga ta’sir etuvchi markazga intilma kuchni toping ( N ).
42 / 50
80 g massali radyaktiv pereparatning aktivligi 100 at/s bo‘lsa, shu moddaning 400 g ni aktivligi nimaga teng bo‘ladi ( at/s )?
43 / 50
20 °C haroratli 40 l suvga 50 °C haroratli 20 l suv aralashtirildi. Aralashmaning haroratini ( °C ) toping.
44 / 50
Molekulalar soni 3 ⋅ 1023 ta bo‘lgan azotning massasini ( g ) toping.( Mr = 28 g/mol, NA=6 ⋅ 1023 mol ̄¹)
45 / 50
Biror nuqtadan bir jism 5 m/s tezlik bilan gorizontal otildi, ikkinchisi erkin tusha boshladi. Bu jismlar orasidagi masofa 8 s dan keyin nimaga teng bo‘ladi ?
46 / 50
Berilgan qarshilikdagi kuchlanish U ga teng bo‘lsa, manbadagi kuchlanishni U orqali ifodalang. Barcha qarshiliklarni son qiymati bir xil deb hisoblang.
47 / 50
To‘lqin nazariyasi bilan tushuntirish mumkin bo‘lgan hodisalar to‘liq keltirilgan javobni belgilang: yorug‘likning sinishi ( 1), yorug‘likning qaytishi ( 2), yorug‘lik interferensiyasi ( 3), yorug‘lik dispersiyasi ( 4).
48 / 50
Uchta bir xil oltin sharchalar uch xil suyuqlikka tushirildi. Qaysi birining ichki energiyasi eng katta oʻzgaradi? Birinchi suyuqlikning zichligi 1,2 g/sm³, ikkinchi suyuqlikning zichligi 1 g/sm3, uchunchu suyuqlikning zichligi 0,8 g/sm³ ga teng.
49 / 50
Elektr yurituvchi kuchlari 𝜀₁ = 9 V va 𝜀₂ = 3 V, ichki qarshiliklari r₁ = r₂ = 3 Ω ga teng boʻlgan manbalar uzaro parallel ulanib batareya hosil qilingan. Batareyaga ulangan iste’molchining qarshiligi 6,5 Ω ga teng boʻlsa, undagi tok kuchini ( A ) toping.
50 / 50
Metall sterjen ikkita toʻsin orasiga joylashtirilgan. Sterjen uchlarini toʻsinlar siqib turibdi. Sterjen temperaturasini 15 K ga oshirsak uni toʻsinlarga beradigan bosim kuchi qanchaga oʻzgaradi? Sterjen materialining elastiklik moduli 200 GN/m², chiziqli kengayish koeffisiyenti 1,2⋅10 ̄⁵ 1/K, koʻndalang kesim yuzasi 40 cm².
Your score is
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ