Kimyo fanidan attestatsiya 2024 savollari.
Kimyo fanidan online attestatsiya.
Kimyo fanidan attestatsiya savollari
1 / 50
Glauber tuzi, stronsiy sulfat va temir qirindisidan iborat aralashma tarkibidagi har bir moddani alohida-alohida ajratish uchun quyidagilarning qaysi birlarini ketma-ket qo‘llash kerak?1) bug‘latish; 2) suv; 3) magnitlash; 4) kristallash; 5) filtrlash.
2 / 50
35,6 g pirofosfat kislota qizdirilganda ( HPO₃)n · H₂O koʻrinishidagi chiziqli polimer va 3,375 g suv hosil boʻldi. n ning qiymatini toping.
3 / 50
Kumush nitratning to‘yingan eritmasiga eritma tarkibidagi suv miqdoridan 5 marta ko‘p bo‘lgan suv qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi suv bilan tuz 10:1 massa nisbatiga teng. Dastlabki eritmadagi tuzning eruvchanlik koeffitsiyentini toping.
4 / 50
32 % li 400 g o‘yuvchi natriy eritmasida gidrooksil anionlari miqdori 1,6 mol bo‘lsa, dissotsiatsiyalangan va dastlabki ishqor mol miqdorlari nisbatini toping.
5 / 50
Fosfor PY₃X₃ birikmasida 37,8 %, PY₃X₂ birikmasida 47 % massa ulushga ega bo‘lsa, X₂PY birikmasidagi P ning valentligi va oksidlanish darajasini toping.
6 / 50
CH3CH2COOH moddasi to‘liq dekarboksillansa, uning massasi necha foizga kamayadi?
7 / 50
Anion bo‘yicha gidrolizlanadigan anorganik moddalarni toping.1) natriy stearat; 2) fosfin; 3) K2CO3; 4) Na2SO4; 5) KNO2; 6) ZnCl2.
8 / 50
xCO + yH₂ → CₙH₂ₙ₊₂ + xH₂O.Ushbu reaksiyada sintez qilingan alkan tarkibidagi qutbsiz bog‘lar qutbli bog‘lardan 0,3 marta ko‘p. Jarayon natijasida 14,4 g suv hosil bo‘lsa, reaksiyada ishtirok etgan vodorodning mol miqdorini toping.
9 / 50
Molekuladagi qoʻsh bogʻlar soni oʻzaro teng boʻlgan moddalarni toping.1) C₄H₆; 2) H₃PO₃; 3) siklogeksanon; 4) C₆H₆; 5) P₄O₁₀; 6) H₂ZnO₂.
10 / 50
N energetik qavatda joylashgan elektronlar soni maksimalga yetishi uchun 10 ta kam bo‘lsa, ushbu qavatdagi elektronlar sonini aniqlang.
11 / 50
Tarkibida 0,4 moldan AuCl₃, AgNO₃, CuSO₄ tutgan eritma orqali 2,2 F tok oʻtkazildi. Katodda ajralgan moddalarning umumiy massasini ( g ) toping.
12 / 50
Quyidagi jarayonlar orasidan notoʻgʻrisini toping.
13 / 50
C₆H₅( CH₂)₃CH₃ + KMnO₄ + H₂SO₄ →…Ushbu jarayonda 102,7 g oksidlovchi sarflangan boʻlsa, necha gramm choʻkma hosil boʻladi?
14 / 50
Avtotransport gaz balloniga 20 atm ( T = 273 K ) da propan gazi joylashtirildi. Gaz ballonning kuchi 40 atm ga teng. Tashqi muhitning harorati qanchaga yetganda gaz ballonning kuchi bardosh berolmaydi?
15 / 50
Quyida rasmda elektrolit turlari tasvirlangan.Shunga ko‘ra, quyidagi moddalar bilan mos ravishda a, b, c rasmlarni birlashtiring.1) NaCl; 2) HCOOH; 3) Shakar
16 / 50
He atom molekular tuzilishli gaz. Uning normal sharoitdagi molar hajmini ( l, n.sh. ) aniqlang.
17 / 50
Izopentil benzol nitrolanganda ( HNO₃ + H₂SO₄) necha xil mononitrobirikma hosil boʻladi?
18 / 50
C₅H₉NO₂ moddasida qanday bog‘lar mavjud? 1) C-O; 2) N=O; 3) N-H; 4) O-H; 5) σ; 6) π.
19 / 50
Vodorod va kisloroddan iborat aralashma teng hajmda portlatildi. Reaksiya natijasida 22,4 l ( n.sh. ) kislorod ortib qoldi. Dastlabki vodorodning massasini ( g ) aniqlang.
20 / 50
Ba( OH) ₂ ning suvdagi eritmasiga quyidagi moddalardan stexiometrik nisbatda qoʻshilganda eritmaning pH qiymati qanday oʻzgaradi? a ) kamayadi; b ) ortadi; c ) oʻzgarmaydi.1. Na2CO3 2. HJ 3. K3PO4 4. Ba( H2PO4)2
21 / 50
7,4 g xlor va 7,2 g kisloroddan bilvosita usul bilan ClₓOᵧ tarkibli modda olindi. Oksidning ekvivalent massasini ( g/mol ) aniqlang. ( O¹⁸)
22 / 50
Qaysi element tarkibida d orbitalda harakatlana oluvchi elektron mavjud?
23 / 50
1 mol moddaning gramlarda ifodalangan qiymatini aniqlang.
24 / 50
C₂H₂ ning necha xil molekulasi bor?( C¹², C¹³, H¹, H²)
25 / 50
Suv aralashmasida H₂O, D₂O va T₂O tegishli tartibda 3:2:1 mol nisbatda. Suvning parchalanishidan hosil bo‘lgan vodorodning o‘rtacha molyar massasini ( g/mol ) toping.
26 / 50
Benzol gomologlarini qaysi bir( lar)ining izomerlari mononitrolansa ( HNO₃ + H₂SO₄) nitro guruh saqlagan birlamchi va ikkilamchi uglerodlar nisbati 4:1 ga teng bo‘ladi? ( benzol halqasini nitrolanishi hisobga olinmasin )
27 / 50
Kaliy benzoat molekulasida qaysi bog‘ miqdori ko‘p bo‘ladi?1) qutbli kovalent bog‘; 2) qutbsiz kovalent bog‘; 3) ion bog‘; 4) metall bog‘.
28 / 50
Suvda eritilgan SO₂ molekulalarining 60 % i H₂SO₃ ga aylangan. Agar birinchi bosqichning dissotsilanish darajasi 33,3 % ga teng bo‘lsa, eritmadagi SO₂ molekulalari bilan H₂SO₃ molekulalar nisbatini aniqlang.
29 / 50
Elektron ko‘chish qaysi orbitallar orasida kuzatiladi?
30 / 50
20 g 27,8 % li noma’lum metall xloridi eritmasiga moʻl miqdorda ishqor qoʻshilganda 7,06 g K₂ [Me( OH)₄] tuzi hosil boʻldi. Metallni toping.
31 / 50
Quyida berilgan tajribadan hosil bo‘lgan suv hisobiga 100 g 40 % li ishqor eritmasi 21 % li bo‘lib qolgan bo‘lsa, A gazning hajmini ( l ) aniqlang.
32 / 50
Atom tarkibida 4 ta elektron sharsimon bulut hosil qilib harakatlanadi.Ushbu atom yadrosida 8 ta proton bo‘lsa, undagi p elektronlar sonini toping.
33 / 50
Glitserin va to‘yingan karbon kislotalalardan hosil bo‘lgan moddalarga … deyiladi.
34 / 50
Quyidagi modelda ikki atom orasida qanday kimyoviy bog‘lanish tasvirlangan?
35 / 50
Qotishma tarkibidagi temir xlorid kislota bilan ta’sirlashganda hosil bo‘lgan xlorid massasi qotishmaning massasiga teng bo‘lsa, qotishma tarkibidagi begona moddaning massa ulushini ( %) aniqlang.
36 / 50
Qo‘shbog‘lar soni 2 ta bo‘lgan moddani toping.
37 / 50
2SO₂ + O₂ = 2SO₃. Reaksiya muvozanatda turibdi. Sistemaga geliy kiritilsa va natriy metali qo‘shilsa, muvozanat qaysi tomonga siljiydi?
38 / 50
KMnO₄ + MnSO₄ + H₂O → … ushbu reaksiyada oksidlovchi moddaning oksidlanish darajasini aniqlang.
39 / 50
Ikki moddaning ta’siridan yangi modda hosil bo‘ldi. Ushbu jarayonning reaksiya tenglamasini toping.
40 / 50
( FeOH) ₂SO₄ tarkibidagi temir va oltingugurt valentliklari yig‘indisini toping.
41 / 50
Aralashmada geliy bilan metanning hajmiy ulushi, metan bilan etilenning massa ulushlari teng bo‘lsa, aralashmaning molar massasini ( g/mol ) aniqlang.
42 / 50
1 mol SiO₂ uglerod yordamida qaytarildi. Reaksiya natijasida 44,8 l ( n.sh. ) gaz ajraldi. Hosil bo‘lgan kremniyli modda formulasini toping.
43 / 50
7 g X₂ moddadan noma’lum massali HXO3 kislota hosil bo‘ldi. Agar X element atomida 7 ta proton bo‘lsa, kislota massasini ( g ) toping.
44 / 50
Atomlar nisbati quyidagicha bo‘lsa, reaksiya unumini toping.
45 / 50
Xato yozilgan kimyoviy formulani toping.
46 / 50
25% li 25,36 g metall xlorid eritmasiga moʻl miqdorda ishqor qoʻshilganda 6,16 g hosil boʻlgan anion tarkibidagi metalning valentligini toping. ( α = 1)
47 / 50
Gess qonunini aniqlang.
48 / 50
Izomer( lar)i faqat ketonlar sinfiga mansub modda( lar )ni aniqlang.
49 / 50
CH3C( CH3)2CHCHCH3. Ushbu moddaning sistematik nomenklaturasini toping.
50 / 50
Temir kolchedani oksidlanishi natijasida ajralgan gazga tegishli kislota nomenklaturasida qo‘llaniluvchi qo‘shimchani toping.
Your score is
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ