Tarbiya fanidan attestatsiya 2024 savollari
Tarbiya fanidan attestatsiya savollari.
Tarbiya fani ustozlari uchun attestatsiya 2024 savollari
1 / 50
Berdaq qalamiga mansub ushbu hikmatli so‘zni to‘ldiring: Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxsiy manfaatini … manfaati bilan birlashtirishi, … baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak. Inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg‘arazlik, oliyjanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim.
2 / 50
Ikki narsa borki, ko‘pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri – X, ikkinchisi esa – Y. Ushbu hadisda kelgan ikki noma’lum so‘zni toping.
3 / 50
Quyidagi Rumiyning baytiga mantiqan mos keluvchi maqolni toping.Kim mashaqqat chekdi – topdi g‘azna ham, Kim tirishqoq bo‘ldi – ko‘p topdi karam.
4 / 50
“Samimiyat” so‘ziga zid ma’no beruvchi (antonym ) so‘zni toping.
5 / 50
Bu muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan kishilar ongida shakllangan qiyofadir. U kishilar ongiga, hissiyotlariga, faoliyatiga hamda xatti-harakatlariga ta’sir o‘tkazadi. Ingliz tilidan tarjimasi tasvir bo‘lgan ushbu so‘zni toping.
6 / 50
“Ma’rifat” so‘ziga qarama-qarshi ma’no beruvchi (antonym ) so‘zni toping.
7 / 50
“Zulm bilan dunyoga nom qoldirib bo‘lmaydi. Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir!”– Barakallo, og‘lim, oltunlarni ko‘p dono ishga sarf etibsan …– Padari buzrukvorim Muhammad Tarag‘ay aytqonlarini bosh ustida tutdim.Ushbu naqlni “boshi ustida tutgan” o‘g‘ilning kimligini toping.
8 / 50
Tur o‘g‘lim, ko‘pga kelgan to‘y joningdan nari. Mana buni ol. Tushkunlikka tushma, Xudo o‘zi bandasining rizqini beradi. Ona farzandiga nisbatan qanday “munosabat”da?
9 / 50
Uning ilmiy daholigi shundaki, tadqiqotlari, tajribalarida tabiatdagi barcha hodisalar muayyan tabiiy qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta’siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. U ulkan ilmiy meros – “Saydana” asarini yozdi. U kim?
10 / 50
“Ruhlar isyoni” asari kimning qalamiga mansub?
11 / 50
Sabr qilish orqali qaysi fazilat mustahkam bo‘ladi? O‘z navbatida ushbu fazilat yashashga umid bag‘ishlaydi.
12 / 50
Makka shahrida yozilgan “Mufassal” asarining muallifini toping.
13 / 50
Quyida keltirilgan o‘zbek xalq maqolida tushirib qoldirilgan so‘zni toping: Gilam sotsang, … ga sot, bir chetida o‘zing o‘tirasan.
14 / 50
Bolam, faqat oldinga intil, ortga qarama, oldingda quduq bor, sen chanqagansan, unga tomon intil! [b]Ona farzandiga nisbatan qanday “munosabat”da?[\b]
15 / 50
“Baxt yalqovga begona” maqoliga mos keluvchi maqolni toping.
16 / 50
Menda bir so‘m bor, sizda ham bir so‘m bor. Men sizga o‘zimning pulimni berdim, siz ham menga o‘zingizning pulingizni berdingiz. Hech nima o‘zgarmadi. Sizda ham bir so‘m pul qoldi, menda ham. Ushbu jarayonda pulning o‘rniga qaysi resurs bo‘lganda har ikki tarafda ham ular soni ikkitadan bo‘ladi?
17 / 50
“Zamin sayyorasi” va “Qiziquvchan Matmusa” asarlarining muallifini toping.
18 / 50
Behad vafo-u mehr sanga ko‘rsatib edim, Sen ham sog‘ing‘aysen mehru vafo bila. Vatanga atab yozilgan ushbu murojaatnoma kimning qalamiga mansub?
19 / 50
“Xolislik” so‘ziga antonim (zid ma’no beruvchi ) so‘zni toping.
20 / 50
Eynshteyn 1921-yilda qaysi ixtirosi uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan?
21 / 50
A – inson hayotiga va salomatligiga zarar yetkazadigan, baxtsizlikka olib keladigan eng xavfli hissiyot. A oqibatida qon bosimi, yurak-qon tomir kasalliklari va ovqat hazm qilish bilan bog‘liq kasalliklar paydo bo‘ladi.Psixologlarning aniqlashicha, A ni jilovlash insonning baxtiyorligini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirar ekan. Ushbu matnda A ning o‘rniga qo‘llash mumkin bo‘lgan so‘zni toping.
22 / 50
U – mijozlariga masofadan turib xizmat ko‘rsatuvchi, o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlagan shaxs. U biznes vakillariga odatda Internet platformalari orqali xizmat ko‘rsatadi. U – kim?
23 / 50
Quyidagilar orasidan jismoniy ehtiyoj(lar )ni toping.
24 / 50
“Saydana” asarida o‘simliklarning 1118 turi, jumladan, dorivor o‘tlarning 750 turiga hamda hayvonlarning 101 turiga batafsil ta’rif beriladi. U o‘z izlanishida arab, yunon, hind, fors, so‘g‘d va boshqa tillarga oid 4500 ta o‘simlik, hayvon, mineral nomi va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumot to‘plab, o‘sha davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga katta hissa qo‘shgan. U kim?
25 / 50
Pulga nisbatan yomon odatlarni ajrating:a ) pulni tejash; b ) “Xarajatlar ro‘yxati”ni tuzmaslik; c ) ortiqcha dabdabali marosimlar va tadbirlar uyushtirish; d ) ehson qilish; e ) qarz olish va qarzdor bo‘lib yurish.
26 / 50
“Ustoz ul-arab val-ajam”, “Faxru Xarazm” kabi sharafli nomlar bilan atalgan allomani toping.
27 / 50
Murod doimiy ravishda arzon narsalarni sotib olishni xush ko‘radi. U sifatsiz mahsulotlarni iste’mol qilib, xastalanib qoldi. Davolanish uchun u katta pul sarfladi. Uning kamchiligini toping.
28 / 50
“Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurgan imoratlarga boqing”, degan fikr kim tomonidan naql qilingan?
29 / 50
Quyidagilar orasidan yaxshi fazilatlarni ajrating:a ) odillik; b ) kibr; c ) tejamkorlik; d ) ikkiyuzlamachilik; e ) sabr-matonat; f ) haqgo‘ylik; g ) xokisorlik; h ) munofiqlik.
30 / 50
X ga mantiqan mos keladigan javobni toping. Insonning eng ulkan jangi X bilan kechadi. Biz har daqiqa X bilan kurashamiz – g‘azabni tiyish, ortiqcha xursandchilikka berilmaslik zarur.
31 / 50
Mohiraning dugonalari gap boshlashsa, doimo ularni shoshirib, oxirigacha eshitmaydi. U, ko‘pincha, suhbatdoshidan ayb izlaydi. Natijada suhbat bahsmunozaraga aylanib ketadi. Mohirada qanday kamchilik mavjud?
32 / 50
Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi antonim so‘zlarni toping. … fe’l-atvor bilan yashagan inson o‘zini … qiliqlardan saqlaydi. (Ahmad Yugnakiy )
33 / 50
Bizning kayfiyatimiz … ga o‘xshaydi: u biz bilan yuz beradigan barcha ichki va tashqi o‘zgarishlarga reaksiya beradi. Nuqtalar o‘rniga mantiqiy mos keluvchi so‘zni toping.
34 / 50
U quvvat, ich-ichingizda yuzaga kelgan kuch. U to‘g‘ri yo‘naltirilsa, yangi yutuqlar, tashabbuslar bunyod bo‘ladi. Agar undan noto‘g‘ri foydalanilsa, buzg‘unchilik sodir bo‘ladi, nimadir yo‘qotiladi. U nima?
35 / 50
Nuqul o‘tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin. O‘z ildizini inkor qilgan daraxt qurib qoladi. Ushbu hikmatli so‘zda qaysi fazilatga ega bo‘lish targ‘ib qilingan?
36 / 50
Pulga nisbatan to‘g‘ri odat(lar )ni toping.
37 / 50
Pasco kompaniyasining shiori: Tabiiy boyliklarimiz cheklangan, biroq uning chegarasi yo‘q. (shior kompaniya rivojlanishi uchun ahamiyatli ) U nima?
38 / 50
Ushbu matndan salbiy epizodni toping. Hammamiz aya deb chaqiradigan Nora buvi betob bo‘lib qolibdilar. Ularni ko‘rgani onam bilan chiqdik. Yaxshimisiz, tuzuk bo‘lib qoldingizmi, nima yordam kerak? deb so‘rashdi kattalar. Men (Sobir ) Nora ayani kuzatardim, kasallik ayani ancha yengib qo‘yibdi, yuzlari sarg‘aygan, lablar qurigan... Aya onamning savollariga kulimsirab, javoban rahmat, baraka toping, ancha yaxshiman, o‘zinglar yaxshimisizlar? Bollarim, Azamat tinchmi... derdi. Mening kulgim keldi... Biz ayadan tuzuk bo‘lib qoldingizmi desak, u kishi, rahmat deb, bizdan holahvol so‘rayaptilar.
39 / 50
Quyidagilar orasidan yomon fazilatlarni ajrating:a ) odillik; b ) kibr; c ) tejamkorlik; d ) ikkiyuzlamachilik; e ) sabr-matonat; f ) haqgo‘ylik; g ) xokisorlik; h ) munofiqlik.
40 / 50
Kimning nutqi zikr, sukuti fikr, nazari ibrat bo‘lsa, albatta u menga o‘xshabdi. O‘ziga o‘xshalganlikni bildirgan shaxs kim?
41 / 50
Bu atama (arabcha – odillik, to‘g‘rilik ) – insoniyatning azaliy orzusi, ezgu g‘oyasi, ma’naviyat, axloq va huquqning me’yoriy kategoriyalaridan biri. Ushbu atamani toping.
42 / 50
Baxtni sa’y-harakatda, baxtsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni … , halovatni sukutda ko‘rdim. Najmiddin Kubro tomonidan aytilgan ushbu hikmatli so‘zdagi nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z mos keladi?
43 / 50
“Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” kitobi kimga tegishli?
44 / 50
1968-yilda yozilgan “O‘zbegim” qasidasi qaysi o‘zbek shoirining asari hisoblanadi?
45 / 50
Pavel Durov “Qul ozodlikka erishishni emas, quldor bo‘lishni orzu qiladi”, degan naqlni keltirib, ... ning quliga aylanib qolish – o‘zining hayotiga egalik qila olmaslikni anglatadi deb aytadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘zni toping.
46 / 50
Biz bu yerga – hayotga o‘zimizdagi kuchning bir qisminigina sarflash uchun kelgan emasmiz! Tug‘ildikmi, “undan” to‘liq foydalanish zarur. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z nimani ifodalab kelgan?
47 / 50
“Axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo‘lmak, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur”. Ushbu jarayonda quyidagi qanday fazilatlarga erishish mumkin?a ) hifzi lison, b ) diyonat, c ) qanoat, d ) munofiqlik, e ) iffat, f ) riyokorlik, g ) hilm, h ) munislik, i ) ilm, j ) jaholat.
48 / 50
Olti jildlik “Tafsiri Hilol” asari muallifi kim?
49 / 50
Bitta qulfga tushadigan bir necha kalitga ega bo‘lish. Ushbu o‘xshatishga mantiqiy mos bo‘lgan javobni toping. (Bu o‘xshatishni Fransua Volter qo‘llagan )
50 / 50
Insonning qadri … bilan yuksaladi. … li kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi. Ushbu naqlni to‘ldiring.
Your score is
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ