Tarbiya fani o’qituvchilari uchun online attestatsiya savollari
Tarbiya fanidan attestatsiya savollari
Tarbiya fani ustozlari uchun attestatsiya 2024 savollari
1 / 50
Bitta qulfga tushadigan bir necha kalitga ega bo‘lish. Ushbu o‘xshatishga mantiqiy mos bo‘lgan javobni toping. ( Bu o‘xshatishni Fransua Volter qo‘llagan )
2 / 50
Pulga nisbatan yomon odatlarni ajrating:a ) pulni tejash; b ) “Xarajatlar ro‘yxati”ni tuzmaslik; c ) ortiqcha dabdabali marosimlar va tadbirlar uyushtirish; d ) ehson qilish; e ) qarz olish va qarzdor bo‘lib yurish.
3 / 50
“Baxt yalqovga begona” maqoliga mos keluvchi maqolni toping.
4 / 50
Pasco kompaniyasining shiori: Tabiiy boyliklarimiz cheklangan, biroq uning chegarasi yo‘q. ( shior kompaniya rivojlanishi uchun ahamiyatli ) U nima?
5 / 50
“Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurgan imoratlarga boqing”, degan fikr kim tomonidan naql qilingan?
6 / 50
“Xolislik” so‘ziga antonim ( zid ma’no beruvchi) so‘zni toping.
7 / 50
Mohiraning dugonalari gap boshlashsa, doimo ularni shoshirib, oxirigacha eshitmaydi. U, ko‘pincha, suhbatdoshidan ayb izlaydi. Natijada suhbat bahsmunozaraga aylanib ketadi. Mohirada qanday kamchilik mavjud?
8 / 50
1968-yilda yozilgan “O‘zbegim” qasidasi qaysi o‘zbek shoirining asari hisoblanadi?
9 / 50
Behad vafo-u mehr sanga ko‘rsatib edim, Sen ham sog‘ing‘aysen mehru vafo bila. Vatanga atab yozilgan ushbu murojaatnoma kimning qalamiga mansub?
10 / 50
Murod doimiy ravishda arzon narsalarni sotib olishni xush ko‘radi. U sifatsiz mahsulotlarni iste’mol qilib, xastalanib qoldi. Davolanish uchun u katta pul sarfladi. Uning kamchiligini toping.
11 / 50
Tur o‘g‘lim, ko‘pga kelgan to‘y joningdan nari. Mana buni ol. Tushkunlikka tushma, Xudo o‘zi bandasining rizqini beradi. Ona farzandiga nisbatan qanday “munosabat”da?
12 / 50
Olti jildlik “Tafsiri Hilol” asari muallifi kim?
13 / 50
Makka shahrida yozilgan “Mufassal” asarining muallifini toping.
14 / 50
Bizning kayfiyatimiz … ga o‘xshaydi: u biz bilan yuz beradigan barcha ichki va tashqi o‘zgarishlarga reaksiya beradi. Nuqtalar o‘rniga mantiqiy mos keluvchi so‘zni toping.
15 / 50
Pulga nisbatan to‘g‘ri odat( lar)ni toping.
16 / 50
“Ustoz ul-arab val-ajam”, “Faxru Xarazm” kabi sharafli nomlar bilan atalgan allomani toping.
17 / 50
Berdaq qalamiga mansub ushbu hikmatli so‘zni to‘ldiring: Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxsiy manfaatini … manfaati bilan birlashtirishi, … baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak. Inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg‘arazlik, oliyjanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim.
18 / 50
U – har bir ishda haddan oshishdir. U ne’matning zavolidir. U go‘zal hayotimizga tushgan qora dog‘ kabidir, undan tezroq qutulish insonga halovat bag‘ishlaydi. U nima?
19 / 50
Quyidagi Rumiyning baytiga mantiqan mos keluvchi maqolni toping.Kim mashaqqat chekdi – topdi g‘azna ham, Kim tirishqoq bo‘ldi – ko‘p topdi karam.
20 / 50
Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi antonim so‘zlarni toping. … fe’l-atvor bilan yashagan inson o‘zini … qiliqlardan saqlaydi. ( Ahmad Yugnakiy )
21 / 50
X ga mantiqan mos keladigan javobni toping. Insonning eng ulkan jangi X bilan kechadi. Biz har daqiqa X bilan kurashamiz – g‘azabni tiyish, ortiqcha xursandchilikka berilmaslik zarur.
22 / 50
Sabr qilish orqali qaysi fazilat mustahkam bo‘ladi? O‘z navbatida ushbu fazilat yashashga umid bag‘ishlaydi.
23 / 50
Tonggi odatlar berilgan javobni toping.
24 / 50
Ikki narsa borki, ko‘pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri – X, ikkinchisi esa – Y. Ushbu hadisda kelgan ikki noma’lum so‘zni toping.
25 / 50
“Zamin sayyorasi” va “Qiziquvchan Matmusa” asarlarining muallifini toping.
26 / 50
Ushbu qisqa hikoya asosida qanday fazilat aks etgan. Hammamiz aya deb chaqiradigan mahallamizning ayasi betob bo‘lib qolibdilar. Ularni ko‘rgani onam bilan chiqdik. Yaxshimisiz, tuzuk bo‘lib qoldingizmi, nima yordam kerak? deb so‘rashdi kattalar. Men ayani kuzatardim, kasallik ayani ancha yengib qo‘yibdi, yuzlari sarg‘aygan, lablar qurigan... Aya onamning savollariga kulimsirab, javoban rahmat, baraka toping, ancha yaxshiman, o‘zinglar yaxshimisizlar? bollarim tinchmi... derdi.
27 / 50
“Ma’rifat” so‘ziga qarama-qarshi ma’no beruvchi ( antonym ) so‘zni toping.
28 / 50
“Axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo‘lmak, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur”. Ushbu jarayonda quyidagi qanday fazilatlarga erishish mumkin?a ) hifzi lison, b ) diyonat, c ) qanoat, d ) munofiqlik, e ) iffat, f ) riyokorlik, g ) hilm, h ) munislik, i ) ilm, j ) jaholat.
29 / 50
A – inson hayotiga va salomatligiga zarar yetkazadigan, baxtsizlikka olib keladigan eng xavfli hissiyot. A oqibatida qon bosimi, yurak-qon tomir kasalliklari va ovqat hazm qilish bilan bog‘liq kasalliklar paydo bo‘ladi.Psixologlarning aniqlashicha, A ni jilovlash insonning baxtiyorligini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirar ekan. Ushbu matnda A ning o‘rniga qo‘llash mumkin bo‘lgan so‘zni toping.
30 / 50
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, biroq … bo‘lma.
31 / 50
X asr oxiridan Xorazmda “Dorul hikma va maorif ” nomli olimlar kengashi tashkil qilinib, bu ma’rifat bo‘stonida ko‘plab din, millat vakillari ahillikda ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Keyinchalik ushbu maskan qanday nomlangan?
32 / 50
Bolam, faqat oldinga intil, ortga qarama, oldingda quduq bor, sen chanqagansan, unga tomon intil! [b]Ona farzandiga nisbatan qanday “munosabat”da?[\b]
33 / 50
“Samimiyat” so‘ziga zid ma’no beruvchi ( antonym ) so‘zni toping.
34 / 50
Baxtni sa’y-harakatda, baxtsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni … , halovatni sukutda ko‘rdim. Najmiddin Kubro tomonidan aytilgan ushbu hikmatli so‘zdagi nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z mos keladi?
35 / 50
Insonning qadri … bilan yuksaladi. … li kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi. Ushbu naqlni to‘ldiring.
36 / 50
“Saydana” asarida o‘simliklarning 1118 turi, jumladan, dorivor o‘tlarning 750 turiga hamda hayvonlarning 101 turiga batafsil ta’rif beriladi. U o‘z izlanishida arab, yunon, hind, fors, so‘g‘d va boshqa tillarga oid 4500 ta o‘simlik, hayvon, mineral nomi va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumot to‘plab, o‘sha davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga katta hissa qo‘shgan. U kim?
37 / 50
Algoritm tushunchasi kim tomonidan ilgari surilgan?
38 / 50
Menda bir so‘m bor, sizda ham bir so‘m bor. Men sizga o‘zimning pulimni berdim, siz ham menga o‘zingizning pulingizni berdingiz. Hech nima o‘zgarmadi. Sizda ham bir so‘m pul qoldi, menda ham. Ushbu jarayonda pulning o‘rniga qaysi resurs bo‘lganda har ikki tarafda ham ular soni ikkitadan bo‘ladi?
39 / 50
Quyida keltirilgan o‘zbek xalq maqolida tushirib qoldirilgan so‘zni toping: Gilam sotsang, … ga sot, bir chetida o‘zing o‘tirasan.
40 / 50
Quyidagilar orasidan yomon fazilatlarni ajrating:a ) odillik; b ) kibr; c ) tejamkorlik; d ) ikkiyuzlamachilik; e ) sabr-matonat; f ) haqgo‘ylik; g ) xokisorlik; h ) munofiqlik.
41 / 50
Bu muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan kishilar ongida shakllangan qiyofadir. U kishilar ongiga, hissiyotlariga, faoliyatiga hamda xatti-harakatlariga ta’sir o‘tkazadi. Ingliz tilidan tarjimasi tasvir bo‘lgan ushbu so‘zni toping.
42 / 50
Uning ilmiy daholigi shundaki, tadqiqotlari, tajribalarida tabiatdagi barcha hodisalar muayyan tabiiy qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta’siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. U ulkan ilmiy meros – “Saydana” asarini yozdi. U kim?
43 / 50
Kimning nutqi zikr, sukuti fikr, nazari ibrat bo‘lsa, albatta u menga o‘xshabdi. O‘ziga o‘xshalganlikni bildirgan shaxs kim?
44 / 50
O‘tgan kun haqidagi: “Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?” – degan savollarga javob topmaguncha ko‘zlaring uyquga ketmasin. Pifagorning ushbu naqlidagi unga xos maqolni toping.
45 / 50
“Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” kitobi kimga tegishli?
46 / 50
Pavel Durov “Qul ozodlikka erishishni emas, quldor bo‘lishni orzu qiladi”, degan naqlni keltirib, ... ning quliga aylanib qolish – o‘zining hayotiga egalik qila olmaslikni anglatadi deb aytadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘zni toping.
47 / 50
Eynshteyn 1921-yilda qaysi ixtirosi uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan?
48 / 50
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qayerda tavallud topgan?
49 / 50
Quyidagilar orasidan yaxshi fazilatlarni ajrating:a ) odillik; b ) kibr; c ) tejamkorlik; d ) ikkiyuzlamachilik; e ) sabr-matonat; f ) haqgo‘ylik; g ) xokisorlik; h ) munofiqlik.
50 / 50
Ushbu matndan salbiy epizodni toping. Hammamiz aya deb chaqiradigan Nora buvi betob bo‘lib qolibdilar. Ularni ko‘rgani onam bilan chiqdik. Yaxshimisiz, tuzuk bo‘lib qoldingizmi, nima yordam kerak? deb so‘rashdi kattalar. Men ( Sobir) Nora ayani kuzatardim, kasallik ayani ancha yengib qo‘yibdi, yuzlari sarg‘aygan, lablar qurigan... Aya onamning savollariga kulimsirab, javoban rahmat, baraka toping, ancha yaxshiman, o‘zinglar yaxshimisizlar? Bollarim, Azamat tinchmi... derdi. Mening kulgim keldi... Biz ayadan tuzuk bo‘lib qoldingizmi desak, u kishi, rahmat deb, bizdan holahvol so‘rayaptilar.
Ваш результат:
Test savollari oliy toifa uchun yechish
Tarbiya darsida test
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ
2 Comments
Test savollari oliy toifa uchun yechish
Tarbiya darsida test