Kimyo fani ustozlari uchun online attestatsiya savollari 2024
Kimyo fanidan online attestatsiya savollari.
Kimyo fani ustozlari uchun online attestatsiya savollari
1 / 50
H₂SO₄ tarkibidagi oltingugurt va kislorod hosil qilgan bog‘lar nisbatini toping
2 / 50
Toluol qaynash haroratida xlorlanganda nisbiy zichligi 1,154 ga teng bo‘lgan benzil xlorid va benzodixlorid aralashmasi hosil bo‘ldi. Agar benzil xloridning nisbiy zichligi 1,09 ga va benzodixloridning nisbiy zichligi 1,25 ga teng bo‘lsa, toluol qanday ( mol ) qismlarga bo‘lingan?
3 / 50
Kremniy oksidining magniy metali bilan ta’sirlanishidan hosil bo‘lgan mahsulot formulasini aniqlang.
4 / 50
Quyida berilgan nomlarning qaysi biri fosfor ( V ) sulfidiga to‘g‘ri keladi?
5 / 50
2 - davrdagi kimyoviy element atomlarining vodorodli birikmasini molyar massasi ortib borishi tartibida atomlararo masofa qanday o‘zgaradi?
6 / 50
X, Y va Z moddalarni toping.
7 / 50
Parchalanganida 2 xil molekular tuzilishli moddalarni hosil qiladigan kimyoviy birikmani aniqlang.
8 / 50
Oltinning zar suvi aralashmasida erishidan 44,8 l ( n.sh. ) gaz ajralgan. Zarsuvi tarkibdagi moddalarning massa farqini ( g ) toping.
9 / 50
Qotishma tarkibidagi temir xlorlanganda hosil bo‘lgan xlorid massasi qotishmaning massasiga teng bo‘lsa, qotishma tarkibidagi begona moddaning massa ulushini ( % ) aniqlang.
10 / 50
CaCO₃ tarkibidagi atomlarning indekslari yig‘indisini toping.
11 / 50
Element sulfidi tarkibidagi atomlarning ekvivalent massalari oʻzaro tengboʻlsa, elementning shu valentli bromidining molyar massasini ( g/mol ) toping.
12 / 50
Temir kolchedani oksidlanishi natijasida ajralgan gazga tegishli kislota nomenklaturasida qo‘llaniluvchi qo‘shimchani toping.
13 / 50
35,6 g pirofosfat kislota qizdirilganda ( HPO₃)n · H₂O koʻrinishidagi chiziqlipolimer va 3,375 g suv hosil boʻldi. n ning qiymatini toping.
14 / 50
NaBr, MnO₂ va H₂SO₄ ( er ) dan foydalanib necha xil usul bilan brom moddasini olish mumkin?
15 / 50
O energetik pog‘ona uchun mos raqam bilan ifodalanuvchi qiymatni toping.
16 / 50
Ikkinchi davr elementlariga xos xususiyatni aniqlang.
17 / 50
Millon reaksiyasi qanday moddalar orasida olib boriladi?
18 / 50
Qaysi tuz suvda eritilsa, suvning ion muvozanati buziladi?
19 / 50
Kaliy nitratning to‘yingan eritmasiga eritma tarkibidagi suv miqdoridan 4 marta ko‘p bo‘lgan suv qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasi 20 % ga teng. Dastlabki eritmadagi tuzning eruvchanlik koeffitsiyentini toping.
20 / 50
Qaysi birikmada donor-akseptor bog‘lanish yo‘q?
21 / 50
Qaysi ishqor asosida olingan sovunlar qattiq bo‘ladi?
22 / 50
77 °C da 15 litrli idishda 14,4 g silan, 4,2 g is gazi va 12,04 · 1022 ta molekula SO₂ bo‘lsa, idishdagi silanga tegishli bosimni ( kPa ) toping.
23 / 50
Normal sharoitda boʻlgan SO₃ yopiq idishda 214 °C haroratda qizdirildi.Idishdagi bosimning koʻpayishi oʻrtacha 0,075 atm/sekund ga teng. 20 sekunddan keyin muvozanat qaror topdi. Reaksiyaning unumini ( % ) toping.
24 / 50
Qaysi moddalar tarkibidagi atomlarni valentligini aniqlashda valentlik topish qoidasiga bo‘ysunilmaydi?1. Fe₃O₄ 2. H₂C₂O₄ 3. H₃PO₂ 4. C₇H₈ 5. Pb₂O₃ 6. S₂O₃
25 / 50
xCO + 11H₂ → CnH₂n + 2 + xH₂O.Ushbu reaksiya orqali qaysi alkan sintez qilinadi?
26 / 50
Ayni haroratda H₂Cr₂O₇ ning 65,4 g/dm3 konsentratsiyali eritmasidagi H+ ionlarining konsentratsiyasi 0,48 mol/l bo‘lsa, ikkinchi bosqich uchun dissotsiyalanish konstantasini ( Kd ) aniqlang. ( α1=1 )
27 / 50
Qaysi jarayonda disproporsiyalanish oksidlanish-qaytarilish kuzatilmaydi?
28 / 50
3 ta probirkadagi suvga 3 xil ( X,Y,Z) tuz solindi.Quyidagilar orasidan X,Y,Z tuzlarni aniqlang.
29 / 50
KMnO₄ + HCl → KCl + MnCl₂ + Cl₂ + H₂O. Ushbu jarayonda xlorid kislota qaytarish va tuz hosil qilish uchun qanday mol nisbatda reaksiyaga kirishadi?
30 / 50
Quyidagi reaksiyada atomlar sonining oʻzgarish tartibi28,595 · 1023 → 25,585 · 1023 → 30,1 · 1023 ta boʻlsa, reaksiya soʻngida hosil boʻlgan organik modda massasini ( g ) toping.CnH₂n ‒ 1OH → CnH₂n ‒ 2O→ CnH₂n ‒ 2O₄
31 / 50
Qaysi element tarkibida d orbitalda harakatlana oluvchi elektron mavjud?
32 / 50
P energetik pog‘onada nechta elektron pog‘onacha bo‘ladi?
33 / 50
32 % li 400 g o‘yuvchi natriy eritmasida gidrooksil anionlari miqdori 1,6 mol bo‘lsa, dissotsiatsiyalangan va dastlabki ishqor mol miqdorlari nisbatini toping.
34 / 50
Izomer( lar )i faqat ketonlar sinfiga mansub modda( lar )ni aniqlang.
35 / 50
50 ml HNO₃ eritmasining pH qiymati 2 ga teng shu eritma orqali 2 soatdavomida 53,6 A tok o‘tkazilsa, eritmaning pH qiymati nechaga tengbo‘ladi? ( ikki holatda ham α = 1)
36 / 50
Geterogen aralashmalarni ajratish usul( lar )ini toping.1) bug‘latish; 2) tindirish; 3) kristallash; 4) filtrlash.
37 / 50
Oltin ( III ) xlorid 185°C da qizdirilganda oltinning oksidlanish darajasini oʻzgarishida quyidagilarning qaysi birlari kuzatiladi?1) 2 ta elektron oladi; 2) 3 ta elektron oladi; 3) oksidlanadi; 4) qaytariladi
38 / 50
H₂ + J₂ ↔ 2HJ. Ushbu reaksiyadagi moddalarning agregat holati ( tegishli tartibda ) to‘g‘ri keltirilgan javobni toping.
39 / 50
338 g 10% li metall bromid eritmasiga moʻl miqdorda ishqor qoʻshilganda15,4 g anion ( anion kompleks ) hosil boʻldi. Dastlabki tuz tarkibidagi metallning valentligini toping?
40 / 50
Oksid tarkibidagi E₂+ ionining bitta qavati va ikkita pog‘onachasi electron bilan to‘lgan. Oksid molekulasida nechta elektron bo‘ladi?
41 / 50
KJ₃, Fe( CO )₅, CO, O₂ va Cl₂O₇ moddalarning nechtasida donor-akseptor bogʻ boʻladi?
42 / 50
Quyidagi struktura formulaga mos keluvchi moddani toping.
43 / 50
Quyidagi eruvchanlik jadvalidan foylangan holda, natriy sulfatning 35° haroratdagi 4,5 kg to‘yingan eritmasi 10° haroratgacha sovutilganda necha gramm kristallgidrat ( Na₂SO₄ ⋅ 10H₂O ) cho‘kmaga tushadi?
44 / 50
Siklobutil radikalidagi proton, elektron va neytronlar sonini toping.
45 / 50
Ko‘p kislotali kuchsiz asos va ko‘p asosli kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizlanish jarayoni kuchaygan bo‘lsa, demak eritmaga ...1) shu tuzning suyultirilgan eritmasi qo‘shilgan; 2) suv qo‘shilgan; 3) kristall soda qo‘shilgan; 4) vodorod xlorid yuttirilgan; 5) kaliy metali solingan.
46 / 50
Tarkibidagi metall atomi II valentli bo‘lgan ishqorni toping.
47 / 50
Quyidagi laboratoriya jihozidan chiqayotgan B moddani toping.
48 / 50
CnH₂n-2 tuzilishli, tarkibida ikkita qo‘shbog‘ tutgan moddani toping.
49 / 50
Nisbiy atom massasi 28 bo‘lgan element kristal panjara tugunlarida … joylashgan
50 / 50
Rux nitrat kislota bilan ta’sirlashganda oksidlanish-qaytarilish jarayonida 8 ta elektron qatnashdi. Qanday gaz hosil bo‘ladi?( bir xil gaz hosil bo‘lishini hamda reaksiya eng kichik butun sonlar nisbatida tenglashtirilishini hisobga oling )
Ваш результат:
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ