Biologiya fanidan online test savollari
Biologiya fani o'qituvchilari uchun attestatsiya savollari
1 / 50
Qaysi a’zo hujayralarida suvning miqdori 10 % ga yaqin?
2 / 50
Riboza va dezoksiriboza molekulasi gulyukoza molekulasidan nimasi bilan farq qiladi?
3 / 50
Qisqarish xususiyati bo‘lgan oqsillarni toping.
4 / 50
Fagositoz qilish xossasiga ega bo‘lgan hujayrani aniqlang.
5 / 50
Oq gulli va qizil gulli namozshomgul oʻsimliklari chatishtirilganda pushti rangli gulli oʻsimliklar hosil boʻldi.Ushbu holatda genetik oʻzgaruvchanlikning qaysi turi kuzatiladi?
6 / 50
Sil va ichburug‘ kasalliklarini qaysi hayvon tarqatadi?
7 / 50
Istemol qilinadigan lishaynikni toping.
8 / 50
Irsiyat – tirik organizmlarning belgi va xususiyatlarini o‘z nasliga o‘tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlar bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Odamlarda tana va yuz tuzilishi, organlarning funksiyasi tashqi muhit omillarining ta’siriga qaramasdan nasldan-naslga o‘tadi. Agar qora tanli bola Yevropada tug‘ilgan bo‘lsa, u o‘z belgilari bilan Afrikada tug‘ilgan bolalardan farq qilmaydi. Irsiy belgilarning avloddan-avlodga o‘tib uzoq muddatlarda saqlanib qolishligi (ya’ni turg‘unligi) tufayli organizmlarning belgilari million yillar davomida o‘zgarmasdan nasldan-naslga o‘taveradi. Odamlarda ham juda ko‘p irsiy belgilar misolida irsiyatning turg‘unligini ko‘rsatish mumkin. Jumladan …
9 / 50
Diploid navli bugʻdoy boshogʻida 420 ta don hosil boʻldi. Ushbu boshoq hosil boʻlishidagi urugʻlanishda ishtirok etgan chang donalaridagi jami xromosomalar sonini aniqlang.
10 / 50
Rasm orqali ifodalangan mitoz jarayoni bosqichini toping.
11 / 50
Uglerodning davriy aylanishiga xos bo‘lgan jarayonlar ketma-ketligini to‘g‘ri ko‘rsating.1-CO2 + H2O + ATF → C6H12O6 + 12ADF; 2-CO2 ning tuproqdan havoga ko‘tarilishi; 3-uglerod almashinishi natijasida inson amaliyotida foydalaniladigan energiya resurslarining hosil bo‘lishi; 4-bukning nafas olishi; 5-o‘lik hayvonlarning yirtqich hayvonlar tomonidan iste’mol qilinishi; 6-dengiz suvida ohak toshko‘mir korallarning hosil bo‘lishi; 7- hayvonlarning nafas chiqarishi 8- birlamchi konsumentlarnig oziqlanishi; 9- uglerodning bir qismi tuproqda organik modda sifatida saqlanishi; 10-o‘lik o‘simliklarning bakteriyalar tomonidan parchalanishi; 11-ichakda ozuqaning amilaza tasirida parchalanishi; 12-hujayradagi energiya almashinuvi.
12 / 50
Katta va kichik qon aylanish doiralari qismlari ketma-ketligini aniqlang.1) qorincha; 2) boʻlmacha; 3) arteriya; 4) vena; 5) arteriola; 6) kovak vena; 7) kapillar; 8) limfa tomiri.
13 / 50
Noallel genlar bir yoʻnalishda ta’sir koʻrsatishi natijasida yuzaga chiqadigan belgilarni aniqlang.1) tovuqlarda pat rangi; 2) itlarda yung rangi; 3) bugʻdoy donining rangi; 4) xoldor toʻtilar pat rangi; 5) hushboʻy noʻxatda gul rangi; 6) makkajoʻxori soʻtasining uzunligi.
14 / 50
Ontogenetik ( a ) va modifikatsion ( b ) oʻzgaruvchanliklarni farqlang. 1) timozin gormoni kamayib ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo boʻlishi; 2) 1 yoshdan 25 yoshgacha qalqonsimon bez hajmi ortishi; 3) endemic buqoqda qalqonsimon bez hajmi ortishi; 4) peshona liqildogʻining bitishi; 5) togʻ kasalligida yurak urishining tezlashishi; 6) yoz faslida ichaklarda mayatniksimon harakatning susayishi; 7) ichburugʻ amyobasi yoʻgʻon ichak devorini yemirishi; 8) leyshmaniya terida tuzalmaydigan yara hosil qilishi.
15 / 50
G‘oʻza oʻsimligi ontogenezida kuzatiladigan oʻzgarishlar ketma-ketligi toʻgʻri koʻrsatilgan javobni aniqlang.1) changlanish; 2) shona; 3) chigit; 4) koʻsak; 5) urugʻ; 6) nish; 7) urugʻ kurtak; 8) poya; 9) qoʻsh urugʻlanish; 10) maysa; 11) gul.
16 / 50
Oziq zanjiri zvenolari to‘g‘ri tartibda ifodalangan javobni toping.1 – hasharot; 2 – musicha; 3 – o‘rgimchak; 4 – mangust; 5 – ilon; 6 –o‘simlik.
17 / 50
Urbanoekosistemalarda aholining zichligi ( a ) va havo ifloslanishi ( b ) qaysi kasalliklar rivojlanishiga sharoit yaratadi? 1) nevroz; 2) beri-beri; 3) singa; 4) giyohvandlik; 5) Gripp; 6) gepatit; 7) avitaminoz D; 8) avitaminoz A; 9) faringit; 10) poliomiyelit; 11) raxit
18 / 50
O‘troq gullarda mavjud bo‘lmagan (a’zoni) qismni aniqlang.
19 / 50
Fotosintezning qorong‘ulik bosqichida sarflangan energiya, hosil bo‘lgan glyukozaning to‘liq parchalanishidan ajralgan issiqlik energiyasidan qanchaga kam. (hosil bo‘lgan va parchalangan glyukozaning miqdori -180 g)
20 / 50
Qaysi xususiyat suv shillig‘ining ko‘payishiga xos?
21 / 50
Vegetativ novda ( a ), vegetativ kurtak ( b ), vegetativ organ ( c ) va vegetativ hujayra ( d ) ga xos to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 1) boshlang‘ich bargli novda; 2) uzun va ingichka nayni hosil qiladi; 3) qo‘sh urug‘lanishda qatnashuvchi hujayra; 4) ildiz va poyadan iborat; 5) barg va kurtakdan iborat nihol; 6) barg, gul va kurtakdan iborat nihol.
22 / 50
Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan quloq qismlarini toping.
23 / 50
Gastrulatsiya bosqichidan keyin hosil boʻlgan embrionning tashqi qavati nima deb ataladi?
24 / 50
Genetik –avtomatik jarayon bu-...
25 / 50
Shaklning bo‘yalganligi kasallikning fenotipda namoyon bo‘lishini ifodalaydi. F2 da chapaqay o‘g‘il tug‘ilgan bo‘lsa, shajaradagi dastlabki ayol genotipini toping.
26 / 50
Sodda hayvonlar tipiga mansub organizmlarda qaysi maxsus organoidlar bo‘ladi?
27 / 50
Hazm tizimining eng uzun qismida uchraydigan kasallikni aniqlang.
28 / 50
Archaning tuxum hujayrasi qayerda etiladi?
29 / 50
AaBbCCDdHhJJ genotipga ega organizm necha xil gameta hosil qiladi va bu gametalarning nechtasida A va J genlari birga boʻladi? ( barcha genlar alohida xromosomada ).
30 / 50
Anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashish uchun yashash joyini oʻzgartiradigan ( a ) va oʻzgartirmaydigan ( b ) hayvonlarni aniqlang. 1) kit; 2) mayna; 3) zargʻaldoq; 4) gʻoz; 5) ugor baligʻi; 6) qirgʻovul; 7) oq planariya; 8) gidra; 9) koʻl baqasi; 10) laylak.
31 / 50
Zamburug‘larda quyidagi xususiyatlaridan nechtasi uchraydi?a ) xemosintez, b ) fotosintez, c ) parazitlik, d ) saprofitlik, e ) vegetativko‘payish.
32 / 50
Quyidagilar orasidan evglenani toping.
33 / 50
Quyidagi qaysi organizmlar megasporotsit hujayradan megaspora hosil qiladi?1) makkajo‘xorining changchili guli; 2) yong‘oqning kuchalasi; 3) makkajo‘xorining urug‘chili guli; 4) sebarganing kallakchasi; 5) piyozning soyaboni; 6) tolning kuchalasi.
34 / 50
Quyidagilarni mos ravishda toping.a ) mikologiya; b ) embriologiya; c ) fiziologiya; d ) gidrobiologiya; e ) etologiya.1) hayvonot olamining xulq-atvorini o‘rganadi; 2) qazilma holdagi organizmlarni o‘rganadi; 3) murtak rivojlanishini o‘rganadi; 4) suv muhitidagi organizmlarni o‘rganadi; 5) organizmlar organlar tuzilishini o‘rganadi; 6) organizmlar organlar funksiyalarini o‘rganadi; 7) hayvonot olamini xulq-atvorini o‘rganadi; 8) mikroorganizmlarni o‘rganadi.
35 / 50
Qaysi organizm otalangan tuxumlarini to tuxumdan chiqquncha orqa tomonida, opichlab yuradi?
36 / 50
Miofibrill ipchalari qaysi hujayrada bo‘ladi?
37 / 50
Cho‘l hayvonlarining kechasi faol hayot kechirishi qanday ahamiyatga ega?
38 / 50
Evolutsiyada erkin yashovchi yassi chuvalchanglarning morfologik yuksalishi ( a ) va tubanlashishi ( b ) natijasida qaysi yangi turkumlar paydo boʻlgan?
39 / 50
Virusning yuqumlilik xususiyati nimaga bogʻliq?
40 / 50
Gipertonik eritmada sodir bo‘luvchi quyidagi jarayonlardan to‘g‘risini toping.
41 / 50
Qaysi tuzilma hujayra shaklini aniqlaydi?
42 / 50
Embrional induksiya dastlab qaysi hayvonlarda o‘rganilgan?
43 / 50
Odam organizmida hajmi doimiy oʻzgaruvchan a’zolar koʻrsatilgan javobni aniqlang.
44 / 50
Transkripsiyaga tegishli boʻlgan hodisalarni aniqlang.1) adeninribonukleotidga uratsilribonukleotidning komplementarligi; 2) guanindezoksiribonukleotidning sitozinribonukleotidga komplementarligi; 3) guanindezoksiribonukleotidning uratsilribonukleotidga komplementarligi; 4) uratsilribonukleotidga adenindezoksiribonukleotidning komplementarligi; 5) adeninribonukleotidga uratsilribonukleotidning komplementarligi; 6) guaninribonukleotidga sitozindezoksiribonukleotidning komplementarligi.
45 / 50
U ayniqsa yog‘lar sintezida-yog‘ bezlarida, glikogen sintezida-jigar hujayralarida, zaxira modda to‘planadigan hujayra-o‘simlik urug‘ida yaxshi rivojlangan.
46 / 50
Uy pashshasi oziq ta’mini qaysi a’zosi orqali sezadi?
47 / 50
Qirqbo‘g‘imlarning o‘ziga xos tuzilmasini toping.
48 / 50
Quyidagi qaysi organizmlarda gastrulyatsiya jarayoni urg‘ochi individ organizmida amalga oshadi?1) sariq chayon; 2) manta; 3) povituxa; 4) triton; 5) tilyapiya; 6) dengiz tulkisi; 7) oq sla.
49 / 50
Qaysi holatda odamda qon ivish vaqti me’yoridan yuqori koʻrsatgichda boʻladi?1) antigemofil omil normadan koʻp boʻlsa; 2) Ca2+ ioni qonda yetishmaganda; 3) trombotsitlarning qondagi miqdori 600 ming/mm3 ga teng boʻlsa; 4) gemofiliya kasalligida; 5) gemolitik kasallikda; 6) gipovitaminozK da; 7) qonda kalsiyning miqdorini koʻpayishi; 8) leykopeniya holatida.
50 / 50
Jinsiy koʻpayishni jinssiz koʻpayishdan afzalligi nimada?
Your score is
👍👍
👍👍👍
Yahshi
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ
3 Comments
👍👍
👍👍👍
Yahshi