O’qituvchi va o’quvchilar uchun ona tili va adabiyot fanidan online test savollari.
0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya test savollari Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya test savollari 1 / 40 “Insonni tugʻish va oʻstirish qanchalar qiyin, oʻldirish esa oson”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Dahshat” “Me’mor” “Qochoq” “Oq kema” 2 / 40 Manga ne yor-u ne oshiq havasdur, Agar men odam oʻlsam, ushbu basdur! Alisher Navoiy “Xamsa”sidan olingan ushbu baytda e’tirof etilgan yuksak ma’naviy dunyoqarash sohibasi kim? Dilorom Layli Mehr Shirin 3 / 40 Odil Yoqubovning “Ulugʻbek xazinasi” romanida bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab, Ulugʻbek oldiga bosh urib kelgan va undan koʻp yaxshiliklar koʻrgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi kim edi? Qalandar Qarnoqiy Sakkokiy Ali Qushchi Sulton Jondor 4 / 40 Lutfiy gʻazallaridan qaysi biriga Nodira oʻxshatma yozgan? “Bu koʻnguldur, bu koʻngul” radifli gʻazaliga. “Xoh inon, xoh inonma” radifli gʻazaliga “Ne boʻlursan” radifli gʻazaliga “Ayoqingga tushar har lahza gisu” gʻazaliga. 5 / 40 Qaysi javobda harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan koʻmakchi fe'llar toʻgʻri koʻrsatilgan? 1) chiqmoq; 2) yurmoq; 3) olmoq; 4) yubormoq; 5) boshlamoq; 6) tashlamoq; 7) qoʻymoq; 8) yotmoq 1, 4, 6, 7, 8 2, 3, 5, 8 2, 3, 4, 6 4, 6, 7 6 / 40 Oʻlmas Umarbekov adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishini ta’sirli aks ettirgan asari nomini aniqlang. "Sevgim, sevgilim" "Odam boʻlish qiyin" "Yoz yomgʻiri" "Qiyomat qarz" 7 / 40 Ergash gapli qoʻshma gaplarning qaysi turida ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin? 1) kesim ergash gap; 2) ega ergash gap; 3) toʻldiruvchi ergash gap; 4) aniqlovchi ergash gap. 1,2,3,4 1.2 3.4 2,3,4 8 / 40 “Alpomish” dostonida quyidagi satrlar kimning tilidan aytilgan? ... Mard yigitning yori talash boʻlami, Er yigitning yorin qalmoq olami? Boyboʻri Barchinoy Qaldirgʻoch Alpomish 9 / 40 Kissasida yarimta oʻchirgʻichi qolgan ekan. Ushbu gapda tarkibidagi hamma morfemalari omonimlik xususiyatiga ega boʻlgan soʻz(lar) qaysi gap boʻlak(lar)i vazifasida kelgan? ega ega, kesim toʻldiruvchi ega, aniqlovchi 10 / 40 Usmon Nosir haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim? “Usmon sheʻriyatimizga shamolday kirib keldi. Balki boʻronday! U shunday toʻpolon va toʻlqin bilan keldiki, uncha-muncha sheʻriy uslub va ijodni toʻs-toʻs qilib yubordi” Musa Jalil Samad Vurgʻun Turob Toʻla Hodi Toqtosh 11 / 40 “Husayin Voiz Koshifiy Sharqda ma‟lum va mashhur shaxs, - deb yozadi Najmiddin Komilov “Tafakkur karvonlari” asarida. -U Navoiyga bagʻishlab kitob yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, doʻstiedi”. Berilgan koʻchirma gapli qoʻshma gapning muallif gapi qismida kesim qaysi zamon ma'nosini anglatgan? kelasi zamon hozirgi zamon oʻtgan zamon hozirgi-kelasi zamon 12 / 40 Quyida berilgan gapda nechta vergul qoʻyilishi kerak? Kel oʻzbek qardoshim kel mening aziz qoʻnogʻim boʻl qalbing huzurli oʻlsun - dedi u oʻrnidan turib. 4 ta 5 ta 3 ta 6 ta 13 / 40 "Dunyo - kattakon koʻl. Zamona esa esib turgan yel. Oldingdagi toʻlqin ogʻalar boʻlsa, ketingdagi toʻlqin inilardir. Navbat oʻtishar, avvalgiday boʻlishar". Ushbu hikmatli soʻzlar qaysi asarda keltirilgan? Navoiy "Mahbub ul-qulub" M.Koshgʻariy "Devonu lugʻot it-turk" Gulxaniy "Zarbulmasal" Abay "Nasihatlar" 14 / 40 Qaysi asardagi personaj haqida "mehnat bilan yashab, yetti-sakkizni tugʻib, yoshi ham qirqlargʻa borib, tusiga ajin kirib, keksaymasa ham qarimsiq boʻlib qolgʻan, shuning uchun birartaga tegib olishi toʻgʻrisida oʻylash ham behuda" degan jumlalar keltirilgan? "Mehrobdan chayon"da Anorbibi "Kecha va kunduz"da Enaxonning onasi "Oʻtkan kunlar"da Toʻybeka "Oʻtkan kunlar"da Jannat opa 15 / 40 Qaysi ijodkor she’rlaridan birida oʻn ikki buloqni topib qalbida oʻn ikki she’r birdan joʻsh urganligini ta’kidlaydi? Abdulla Oripov Choʻlpon Furqat Oybek 16 / 40 Quyidagi qaysi asarda malika saroyi butun umri befoyda boyliklarni deb soʻlib, adoyi tamom boʻlgan oʻlmas Kashcheyning afsonaviy qasriga oʻxshatilgan? “Shahzoda Plombir” (Janni Rodari) “Hech qayoqqa olib bormaydigan yoʻl” (Janni Rodari) “Kichkina shahzoda” (Hans Kristian Andersen) “Qor malikasi” (Hans Kristian Andersen) 17 / 40 Tarkibidagi bir keng unli oʻrnida boshqa keng unli soʻz ma'nosini farqlashi mumkin boʻlgan soʻzlar toʻliq koʻrsatilgan javobni belgilang. 1) undosh; 2) jiyron; 3) tong; 4) malik; 5) xom 1, 4, 5 1, 2, 3, 4 1, 5 1, 3, 4, 5 18 / 40 undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi qaysi tasnifda namoyon boʻladi? hosil boʻlish oʻrniga koʻra hosil boʻlish usuliga koʻra tarkibiga koʻra ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra 19 / 40 Alisher Navoiyning qaysi gʻazalida maqta’dan boshqa barcha baytlarning birinchi misralarida ichki qofiyaga qat’iy amal qilingan? “Deyin” radifli gʻazalida “Boʻl” radifli gʻazalida “Yoʻq” radifli gʻazalida “Etmas” radifli gʻazalida 20 / 40 Jarangsiz jufti mavjud boʻlmagan til oldi undoshlarini aniqlang. r, l, n, y r, l, n l, m, r, n x, h 21 / 40 “Ajab zamona”, “Kajdor zamona”, “Dar mazammati zamona” satiralari muallifi kim? Maxmur Zavqiy Furqat Muqimiy 22 / 40 "Koʻrar koʻzim koʻrmayotganday, bilar aqlim bilmayotganday boʻldi (es-hushimdan ayrildim), jonim azobda qoldi". Ushbu parchada tasvirlanayotgan azobga sabab nima edi? Tabgʻachning qoʻshin tortgani Kul Tiginning vafoti Turk beklarining Tabgʻach xoqoniga qaram boʻlgani Turk davlati, hukumatining buzilgani 23 / 40 Qaysi maqolda toʻrt oʻrinda otlashgan soʻz qoʻllangan? Birni koʻrib, fikr qil, Birni koʻrib, shukur qil. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. Bilagi zoʻr birni yiqar, Bilimi zoʻr mingni yiqar. Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl. 24 / 40 Koʻzimdan yomgʻirlar toʻkilar tinmay... Ushbu gapda ma’no koʻchishining qaysi turi kuzatiladi? vazifadoshlik sinekdoxa metonimiya metafora 25 / 40 Qaysi javobda orttirma nisbat shakllari yasama oʻtimsiz fe’llarga qoʻshilgan? boʻshatmoq, bellashtirmoq oʻynatmoq, sarflatmoq oʻxshatmoq, sakratmoq yuvintirmoq, bezantirmoq 26 / 40 Bu ayyomda gina-kuduratlar va araz unitiladi, xalqlar, insonlar murosaga keladi, ahillik, birdamlik, mehribonlik qaror topadi. ( I.Karimov) Ushbu gap qaysi javobda toʻgʻri izohlangan? qismlari uyushgan murakkab qoʻshma gap uyushiq boʻlakli sodda gap yoyiq sodda gap uyushiq kesimli sodda gap 27 / 40 Quyida berilgan gapda qaysi soʻz(lar)dan keyin tire qoʻyiladi? Endi senlar oʻqib, oq-qorani taninglar, deydi Xoliyor amaki. Hozir dunyo ilmli odamlarniki. taninglar, Xoliyor amaki Xoliyor amaki deydi, Xoliyor amaki taninglar 28 / 40 Shuni ta'kidlab oʻtish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan oʻz kuchimiz bilan, oʻzaro keng muhokama qilish yoʻli bilan bartaraf qiladigan boʻlib qoldik. Ushbu gap tarkibida necha oʻrinda yasama fe'l ishtirok etgan? 5 6 3 4 29 / 40 "Bolgar qoʻshiqlari", "Charos" nomli toʻplamlar muallifi kim? Xayriddin Saloh Mirmuhsin Oʻlmas Umarbekov Mirkarim Osim 30 / 40 “Avesto”da Zardusht she’rlari va ibodat payti ijro etiladigan matnlar qanday atalgan? yashtlar visparad vendidod gohlar 31 / 40 Ism tarkibida keluvchi lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar bilan shakldosh boʻla oladigan soʻz yasovchi qoʻshimchalarni aniqlang. 1) -cha; 2) -im; 3) -loq; 4) -in; 5) -chak; 6) -ma; 7) -gina 1, 3, 5 1, 2, 3, 4 1, 2, 3, 4, 5, 6 1, 3, 5, 7 32 / 40 Bosh gapi egasi noma’lum gap boʻlgan ergashgan qoʻshma gapni aniqlang. Odamlar siz bilan odatdagidek gaplashishni xohlashmasa, aybni oʻzingizdan qidiring. Har kishi el uchun topsa agar ranj, Oqibat muyassar boʻlar unga ganj. Odamning shunday doʻstlari boʻladiki, ularning har biri bilan fe’liga qarab gaplashishga toʻgʻri keladi. Dushman oz deb gʻofil boʻlmaslik kerak, chunki koʻp oʻtinni ozgina oʻt kuydiradi. 33 / 40 Quyidagi gapda nuqtalar oʻrniga qanday yordamchilar qoʻllaniladi? U ilonni aldagani ..., ... unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, ... qurbaqaning goʻshti ekanligini aytgani ... ta'qibga uchragan emish. yuklama, aniqlov bogʻlovchisi, zidlov bogʻlovchisi, koʻmakchi koʻmakchi, aniqlov bogʻlovchisi, zidlov bogʻlovchisi, koʻmakchi aniqlov bogʻlovchisi, zidlov bogʻlovchisi, koʻmakchi, yuklama koʻmakchi, zidlov bogʻlovchisi, sabab bogʻlovchisi, aniqlov bogʻlovchisi 34 / 40 Odamlarning ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat'i nazar, shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yoʻlimizdir. Berilgan gapdagi kelishiklar bilan bogʻliq uslubiy xatolarni tuzatib, gapdagi vositasiz toʻldiruvchilar miqdorini aniqlang. 1 ta 3 ta 4 ta 2 ta 35 / 40 Quyidagi qaysi soʻzlar oʻz paronimlari bilan bir xil soʻz turkumiga mansub boʻladi? 1) yod, 2) ham, 3) burch, 4) bob, 5) afzal, 6) eg 3, 5, 6 1, 2, 4, 5, 6 2, 3, 6 3, 6 36 / 40 Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho, Nokaslar emas, yoʻq, yoʻq, Yolgʻiz Sen baland, tanho. Ushbu gapdagi kesimlar toʻliq koʻrsatilgan qatorni toping. angladimki, tanho, tanho, baland, tanho angladimki, yolgʻiz, baland, tanho tanho, tanho, baland, tanho yurt tanho, Vatan tanho, baland, tanho 37 / 40 Quyidagi qaysi janr “echki qoʻshigʻi” degan maʻnoni anglatadi? Tragediya Monodrama drama Komediya 38 / 40 Tarkibida yordamchi soʻzlardan faqat sof yuklama qatnashgan gapni toping. Bu ishlar faqat menga kerak emas. Kaltafahmlargina odamlarning kamchiligini koʻradilar-da. Sen-chun jonim fido, aziz Vatanim! Faqat shundan keyingina kitob tokchamizda jimgina turadigan «Тafakkur gulshani»ning shu kungacha bilmagan sahifalarini ham ochamiz. 39 / 40 Ajratib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping. qoʻshma fe’l qismlari ajratib yoziladi birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot boʻlgan geografik nomlar ajratib yoziladi tarkibida boʻyi, orti, oldi soʻzlari boʻlgan joy nomlari ajratib yoziladi oʻzaro -dan qoʻshimchasi bilan bogʻlangan takror soʻzli birikmalar orasiga chiziqcha qoʻyilmaydi va qismlari ajratib yoziladi 40 / 40 Furqatning “Sayding qoʻyaber sayyod, sayyora ekan mendek” misralari bilan boshlanuvchi asari qaysi janrda yozilgan? Ruboi Musaddas gʻazal Tuyuq Ваш результат: 0%
Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya test savollari
1 / 40
“Insonni tugʻish va oʻstirish qanchalar qiyin, oʻldirish esa oson”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
2 / 40
Manga ne yor-u ne oshiq havasdur, Agar men odam oʻlsam, ushbu basdur! Alisher Navoiy “Xamsa”sidan olingan ushbu baytda e’tirof etilgan yuksak ma’naviy dunyoqarash sohibasi kim?
3 / 40
Odil Yoqubovning “Ulugʻbek xazinasi” romanida bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab, Ulugʻbek oldiga bosh urib kelgan va undan koʻp yaxshiliklar koʻrgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi kim edi?
4 / 40
Lutfiy gʻazallaridan qaysi biriga Nodira oʻxshatma yozgan?
5 / 40
Qaysi javobda harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan koʻmakchi fe'llar toʻgʻri koʻrsatilgan? 1) chiqmoq; 2) yurmoq; 3) olmoq; 4) yubormoq; 5) boshlamoq; 6) tashlamoq; 7) qoʻymoq; 8) yotmoq
6 / 40
Oʻlmas Umarbekov adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishini ta’sirli aks ettirgan asari nomini aniqlang.
7 / 40
Ergash gapli qoʻshma gaplarning qaysi turida ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin? 1) kesim ergash gap; 2) ega ergash gap; 3) toʻldiruvchi ergash gap; 4) aniqlovchi ergash gap.
8 / 40
“Alpomish” dostonida quyidagi satrlar kimning tilidan aytilgan? ... Mard yigitning yori talash boʻlami, Er yigitning yorin qalmoq olami?
9 / 40
Kissasida yarimta oʻchirgʻichi qolgan ekan. Ushbu gapda tarkibidagi hamma morfemalari omonimlik xususiyatiga ega boʻlgan soʻz(lar) qaysi gap boʻlak(lar)i vazifasida kelgan?
10 / 40
Usmon Nosir haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim? “Usmon sheʻriyatimizga shamolday kirib keldi. Balki boʻronday! U shunday toʻpolon va toʻlqin bilan keldiki, uncha-muncha sheʻriy uslub va ijodni toʻs-toʻs qilib yubordi”
11 / 40
“Husayin Voiz Koshifiy Sharqda ma‟lum va mashhur shaxs, - deb yozadi Najmiddin Komilov “Tafakkur karvonlari” asarida. -U Navoiyga bagʻishlab kitob yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, doʻstiedi”. Berilgan koʻchirma gapli qoʻshma gapning muallif gapi qismida kesim qaysi zamon ma'nosini anglatgan?
12 / 40
Quyida berilgan gapda nechta vergul qoʻyilishi kerak? Kel oʻzbek qardoshim kel mening aziz qoʻnogʻim boʻl qalbing huzurli oʻlsun - dedi u oʻrnidan turib.
13 / 40
"Dunyo - kattakon koʻl. Zamona esa esib turgan yel. Oldingdagi toʻlqin ogʻalar boʻlsa, ketingdagi toʻlqin inilardir. Navbat oʻtishar, avvalgiday boʻlishar". Ushbu hikmatli soʻzlar qaysi asarda keltirilgan?
14 / 40
Qaysi asardagi personaj haqida "mehnat bilan yashab, yetti-sakkizni tugʻib, yoshi ham qirqlargʻa borib, tusiga ajin kirib, keksaymasa ham qarimsiq boʻlib qolgʻan, shuning uchun birartaga tegib olishi toʻgʻrisida oʻylash ham behuda" degan jumlalar keltirilgan?
15 / 40
Qaysi ijodkor she’rlaridan birida oʻn ikki buloqni topib qalbida oʻn ikki she’r birdan joʻsh urganligini ta’kidlaydi?
16 / 40
Quyidagi qaysi asarda malika saroyi butun umri befoyda boyliklarni deb soʻlib, adoyi tamom boʻlgan oʻlmas Kashcheyning afsonaviy qasriga oʻxshatilgan?
17 / 40
Tarkibidagi bir keng unli oʻrnida boshqa keng unli soʻz ma'nosini farqlashi mumkin boʻlgan soʻzlar toʻliq koʻrsatilgan javobni belgilang. 1) undosh; 2) jiyron; 3) tong; 4) malik; 5) xom
18 / 40
undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi qaysi tasnifda namoyon boʻladi?
19 / 40
Alisher Navoiyning qaysi gʻazalida maqta’dan boshqa barcha baytlarning birinchi misralarida ichki qofiyaga qat’iy amal qilingan?
20 / 40
Jarangsiz jufti mavjud boʻlmagan til oldi undoshlarini aniqlang.
21 / 40
“Ajab zamona”, “Kajdor zamona”, “Dar mazammati zamona” satiralari muallifi kim?
22 / 40
"Koʻrar koʻzim koʻrmayotganday, bilar aqlim bilmayotganday boʻldi (es-hushimdan ayrildim), jonim azobda qoldi". Ushbu parchada tasvirlanayotgan azobga sabab nima edi?
23 / 40
Qaysi maqolda toʻrt oʻrinda otlashgan soʻz qoʻllangan?
24 / 40
Koʻzimdan yomgʻirlar toʻkilar tinmay... Ushbu gapda ma’no koʻchishining qaysi turi kuzatiladi?
25 / 40
Qaysi javobda orttirma nisbat shakllari yasama oʻtimsiz fe’llarga qoʻshilgan?
26 / 40
Bu ayyomda gina-kuduratlar va araz unitiladi, xalqlar, insonlar murosaga keladi, ahillik, birdamlik, mehribonlik qaror topadi. ( I.Karimov) Ushbu gap qaysi javobda toʻgʻri izohlangan?
27 / 40
Quyida berilgan gapda qaysi soʻz(lar)dan keyin tire qoʻyiladi? Endi senlar oʻqib, oq-qorani taninglar, deydi Xoliyor amaki.
28 / 40
Shuni ta'kidlab oʻtish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan oʻz kuchimiz bilan, oʻzaro keng muhokama qilish yoʻli bilan bartaraf qiladigan boʻlib qoldik. Ushbu gap tarkibida necha oʻrinda yasama fe'l ishtirok etgan?
29 / 40
"Bolgar qoʻshiqlari", "Charos" nomli toʻplamlar muallifi kim?
30 / 40
“Avesto”da Zardusht she’rlari va ibodat payti ijro etiladigan matnlar qanday atalgan?
31 / 40
Ism tarkibida keluvchi lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar bilan shakldosh boʻla oladigan soʻz yasovchi qoʻshimchalarni aniqlang. 1) -cha; 2) -im; 3) -loq; 4) -in; 5) -chak; 6) -ma; 7) -gina
32 / 40
Bosh gapi egasi noma’lum gap boʻlgan ergashgan qoʻshma gapni aniqlang.
33 / 40
Quyidagi gapda nuqtalar oʻrniga qanday yordamchilar qoʻllaniladi? U ilonni aldagani ..., ... unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, ... qurbaqaning goʻshti ekanligini aytgani ... ta'qibga uchragan emish.
34 / 40
Odamlarning ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat'i nazar, shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yoʻlimizdir. Berilgan gapdagi kelishiklar bilan bogʻliq uslubiy xatolarni tuzatib, gapdagi vositasiz toʻldiruvchilar miqdorini aniqlang.
35 / 40
Quyidagi qaysi soʻzlar oʻz paronimlari bilan bir xil soʻz turkumiga mansub boʻladi? 1) yod, 2) ham, 3) burch, 4) bob, 5) afzal, 6) eg
36 / 40
Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho, Nokaslar emas, yoʻq, yoʻq, Yolgʻiz Sen baland, tanho. Ushbu gapdagi kesimlar toʻliq koʻrsatilgan qatorni toping.
37 / 40
Quyidagi qaysi janr “echki qoʻshigʻi” degan maʻnoni anglatadi?
38 / 40
Tarkibida yordamchi soʻzlardan faqat sof yuklama qatnashgan gapni toping.
39 / 40
Ajratib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping.
40 / 40
Furqatning “Sayding qoʻyaber sayyod, sayyora ekan mendek” misralari bilan boshlanuvchi asari qaysi janrda yozilgan?
Ваш результат:
Men test yechmoqchiman
Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *
Комментарий *
Имя *
Email *
Сайт
Сохранить моё имя, email и адрес сайта в этом браузере для последующих моих комментариев.
Δ
1 Comment
Men test yechmoqchiman